Kecha Bahrayn va Tojikiston milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shnilarimiz safida «Mash’al» jamoasi a’zosi, Umedjon Sharipov 90 daqiqa harakat qildi.
Bahsda dastlab mehmonlar, Iskandar Jalilovning 4 daqiqada kiritgan goli evaziga oldinga chiqib oldi. O‘yin borasida maydon egalaridan har tomonlama ustunlikka erishgan tojikistonliklar hakam tomonidan qo‘shib berilgan 3 daqiqada xatolikka yo‘l qo‘yishdi. Natijada Komil Al-Asvad hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi bo‘ldi. O‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.