Meksika terma jamoasi JCH-2018 saralash o‘yinida Kosta-Rikani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yindagi birinchi gol «Bayer» hujumchisi Xavyer Ernandes «Chicharito» hisobiga yozildi. Bu futbolchi uchun terma jamoa libosidagi 46-gol bo‘ldi va u Xared Borxetti bilan tenglashib, eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
Qizig‘i shundaki, har ikkala futbolchining hisobida 89 o‘yin bor.