Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Qo‘qon-1912» O‘zbekiston kubogi nimchorakfinaliga yo‘l oldi

«Qo‘qon-1912» O‘zbekiston kubogi nimchorakfinaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

«Qo‘qon-1912» O‘zbekiston kubogida muvaffaqiyatli start oldi.

1/16 final doirasida Termizda “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushgan «Qo‘qon-1912» maydon egalarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Futbolchilar o‘yinni ancha faol boshlashdi. Dastlabki daqiqalardan oldinga tashlangan qo‘qonliklar 22-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Autdan tashlangan to‘pni Otaqo‘ziyev boshi bilan mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi.

26-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarimadan yo‘llagan zarbasi kuchli, lekin biroz yuqoridan ketdi.
30-daqiqada Suhrob Berdiyev chap qanotdan ajoyib reyd uyushtirib, zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida mezbonlar darvozamiz tomon dastlabki aniq zarbani yo‘llashdi. Ribkin bu vaziyatda bexato harakat qildi.
Birinchi taym shu hisobda yakun topdi.
Ikkinchi bo‘limni mezbonlar faol boshlashganiga qaramay, gol urish qo‘qonliklarga nasib etdi. 58-daqiqada, qarshi hujumdan so‘ng Otaqo‘ziyev to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, parashyut usulida ikkinchi golni urdi.
79-daqiqada maydon egalari hisobni qisqartirish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lishgandi. Ribkin «Qo‘qon-1912»ni yaqqol goldan saqlab qoldi.
Qolgan daqiqalarda har ikki jamoada to‘p kiritish uchun qator imkoniyatlar vujudga kelganiga qaramay, uchrashuvdagi hisob o‘zgarishsiz qoldi.

O‘zbekiston Kubogi
1/16 final
«Surxon» (Termiz) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) 0:2 (0:1)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), S. Hakimov (Samarqand), SH. Qamarov (Samarqand), N. Muhammadiyeva (Termiz)
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev 22, 58.
“Surxon”: 35. Sherzod Abduraimov, 3. Ilhom Komilov, 4. Mirjalol Qurbonov, 5. Najmiddin Normurodov, 6. Nuriddin Hasanov, 9. Nizomjon Norov, 10. Sarvar Xolmatov, 17. Farrux Haydarov, 21. Akmal Abdurahmonov, 22. Akbar Murodov, 30. Sayriddin Gafforov.
Zaxira: 12. Aleksandr Korneychuk, 2. Ubaydullo Xaliqulov, 7. Bahriddin Amonov, 20. Xurshid Yuldashev, 27. Sanjar Shomurodov, 33. Sirojiddin Allayev, 77. Jonibek Kuchimov.
“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 8. Sobir Hamidov (25. Iqbol Malikjonov-80), 9. Nosir Otaqo‘ziyev (96. Muhammadanas Hasanov-78), 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov (19. Avaz Mamatxo‘jayev-82), 24. Ibrohim Rahimov, 26. Akmal Xolmurodov, 77. Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 85. Ruslan Meleziddinov, 97. Oybek Rustamov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:58, 25.03.2017.
O'qildi: 7427 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.