Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/05 00:00 Real Madrid 0-0 Betis
26/05 17:00 Xetafe 1-2 Malyorka
26/05 19:00 Neftchi 1-0 OKMK
26/05 19:15 Selta 2-2 Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas 1-1 Alaves
26/05 19:30 So‘g‘diyona 4-0 Bunyodkor
26/05 21:00 Atalanta 3-0 Torino
26/05 21:00 Napoli 0-0 Lechche
26/05 23:45 Verona 2-2 Inter
26/05 23:45 Empoli 2-1 Roma
26/05 23:45 Frozinone 0-1 Udineze
26/05 23:45 Lasio 1-1 Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya 1-2 Barselona

Top-klublarga o‘tishi kutilayotgan futbolchilar

Top-klublarga o‘tishi kutilayotgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Quyida to‘xtalib o‘tilgan futbolchilar statistikasiga nazar solarkansiz, ularning yozgi transfer oynasida ko‘hna qit’aning biror bir top-klubidan o‘rin olishiga ishongingiz keladi.

Gilfi SIGURDSSON

Klubi: «Suonsi»

Pozisiyasi: hujumkor yarim himoyachi

Yoshi: 27

Transfer bahosi: 17 mln. yevro

Agar jamoangizga hozirning o‘zidayoq kafolotlangan natija kerak bo‘lsa, Gilfi aynan siz axtargan nomzoddir. O‘ta ishonchli hujumkor yarim himoyachi Yevroda o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsatdi, APLning joriy mavsumida ham bu ishni munosib tarzda uddalab kelmoqda. GolQpas statistikasidagi havas qilarli ko‘rsatkichdan tashqari (25 bahsda 17 ta ijobiy natija), o‘yini ham a’lo darajada: o‘rtacha har bir uchrashuvda 2 aniq pas. Yana unutmangki, hozirda Sigurdsson o‘ynayotgan klub to‘pga u qadar ko‘p egalik qilolmayapti. Islandiyalikning zarariga ishlaydigan birgina narsa uning bahosidir - «Suonsi» aslo nochor klub emas (barcha ingliz klublari singari) va shu bois, arzimagan chaqalarga o‘z yetakchisidan ajralishni istamaydi.

 

Adam TRAORE

Klubi: «Midlsbro»

Pozisiyasi: o‘ng qanot hujumkor yarim himoyachisi

Yoshi: 21

Transfer bahosi: 7 mln.

Sizga sifat jihatidan yuqori futbolchi lozim bo‘lsa va o‘sishda doimiy ravishda davom etsa, u holda Adam Traore aynan siz axtargan nomzoddir. Hozirda ispaniyalik Yevropadagi eng yaxshi dribling egalaridan biri sanaladi - bir bahs davomida o‘rtacha 5,3 marta aldab o‘tishlarni amalga oshiryapti. Bunga qo‘shimcha ravishda, u - «Barselona» tarbiyalanuvchisidir va bu Traorening to‘p uzatish texnikasi yuqoriligini bildiradi. Hozircha Adam natija jihatidan o‘zini ko‘rsatolmayotgandir, biroq aynan shu narsa xaridorlarga qo‘l kelishini ham unutmaslik kerak-ku. Darvoqe, «Barselona» bu futbolchini 10 mln. yevro evaziga qayta xarid qilish huquqiga ega.

 

Uilfrid ZAXA

Klubi: «Kristall Pellas»

Pozisiyasi: hujumkor yarim himoyachi

Yoshi: 24

Transfer bahosi: 9 mln. yevro

«Kristall Pelas» bu yil quyiga qulashi mumkin, shuning uchun uning futbolchilari yozgi transfer oynasida «arzon pirojki»lar kabi sotilib ketilishi aniq. London jamoasining hozirda eng yaxshi futbolchisi esa Uilfrid Zaxa hisoblanadi. Ivuarlik - APLning eng yaxshi assistentlaridan biridir.

Yana, 22ta bahsda 10ta ijobiy natija ham yomonmas. Texnikasi yuqori bo‘lgan yarim himoyachi rosa kuchga to‘lgan paytdaligini e’tiborga olsak, transferi uchun sanalgan pul beiz ketmasligi ma’lum bo‘ladi.

 

Jordan PIKFORD

Klubi: «Sanderlend»

Pozisiyasi: darvozabon

Yoshi: 22

Transfer bahosi: 1 mln. yevro

Afsuski, dekabr oxirlarida bu posbon tizzasini jarohatlab oldi va fevral oyi oxirlaridagina yana maydonga qaytdi. Ammo Jordan darvozani qo‘riqlagan 4,5 oy davomida aynan u APLning eng yaxshi golkiperlaridan biri deb topilgan edi. 16ta bahs mobaynida hammadan ham ko‘ra ko‘proq seyvlarni amalga oshirdi va ikkinchi qavatdagi kurashlarda qo‘li baland keldi. Yoshi va narxini hisobga olib aytish mumkinki,  (transfermarktdagiga nisbatan ancha ko‘proqligi aniq), bu posbon talabga to‘liq javob beradi va APLdagi ko‘pgina klublar bu imkoniyatdan foydalanib qolishlari ehtimoli yuqori.

 

Seko FOFANA

Klubi: «Udineze»

Pozisiyasi: markaziy yarim himoyachi

Yoshi: 21

Transfer bahosi: 6 mln. yevro

«Udineze»ning yosh markaziy yarim himoyachisi haqida siz eshitmagan bo‘lishingiz mumkindir. Ammo bu yigit chindanam yaxshi va birorta top-klub tarkibidan joy olishga arziydi. Ishonchli xavbekning to‘p uzatishdagi aniqligi 85% va ular faqat oldinga hamda orqaga emas, futbolchi o‘z uzatmalari bilan o‘yindagi keskinlikni ham oshirib yuborishi mumkin - har bir o‘yinda o‘rtacha 0,9ta uzatma. Bundan tashqari, fransuzga driblinglar ham begona emas - o‘rtacha har bir bahsda 2,3 marta. Yana Seko himoyada ham faol, 1,3ta to‘p uchun kurashlarning 1tasi uning foydasiga hal bo‘ladi. Jismoniy tomondan yetuk va mehnatsevar yigitning bu kabi fazilatlari ko‘pchilik jamoalarga, jumladan grantlarga ham qo‘l kelishi aniq.

 

Adam NAD

Klubi: «Bolonya»

Pozisiyasi: markaziy yarim himoyachi

Yoshi: 21

Transfer bahosi: 3 mln. yevro

Adam kabi o‘yinchilarni odatda «metronom» deb atashadi. Nad aniq to‘p uzatishga rejalashtirilganday - 89%. Uning yaxshi texnikasini longbollar aniqligi ham isbotlab turibdi - 73%. Pozision hujumlarda to‘pni o‘zida saqlay biladigan va qanotlarga aniq oshira oladigan bunday futbolchi suv bilan havoday zarur. Adam umuman oldinga o‘tmaydi, deb ham bo‘lmaydi: uning hisobida har bir bahsda o‘rtacha 0,8ta hal qiluvchi to‘p uzatishlar bor. Himoyada ham yordam bera oladi - 1,4ta to‘pni olib qo‘yishda, 1,1 bor to‘p uchun kurashda. 21 yoshga to‘lgan vengr futbolchisi Yevroda ishtirok etishga ham ulgurgan va bu uning shundoq ham kam bo‘lmagan bahosini yanada oshiradi.

Ignasio KAMACHO

Klubi: «Malaga»

Pozisiyasi: tayanch yarim himoyachisi

Yoshi: 26

Transfer bahosi: 10 mln. yevro

Hozir ko‘pgina jamoalarga vayron qiluvchi tayanch yarim himoyachisi kerak. Kamacha esa ularning eng yaxshilaridan biri. U to‘p uzatishda a’lo darajada o‘ynamasligi mumkindir, shu bois Ispaniya termasiga ham chaqirilmayotgandir, balki. Biroq, mana necha mavsumdirki eng yuqori darajada himoyalanishni uddalayapti. Ignasio bu ishni har bir bahsda o‘rtacha 3,4 marta to‘pni raqibidan olib qo‘yib va to‘p uchun kurashda 3,8 marta uddalamoqda. Bo‘yi unchalik baland bo‘lishiga qaramay (182 sm.), ikkinchi qavatdagi kurashlarning 4,8tasida g‘olib bo‘ladi va bu ko‘rsatkichi bilan ligada ikkinchi o‘rinda.

 

PETROS

Klubi: «Betis»

Pozisiya: tayanch yarim himoyachisi

Yoshi: 27

Transfer bahosi: 5 mln. yevro

Shunday formatdagi yana bir tayanch futbolchisi. Biroq Petros to‘pni olib qo‘yishda 4,4, to‘p uchun kurashda 2,1 ko‘rsatkichga ega bo‘lsa-da, nisbatan texnik o‘yinchi. Uning to‘p uzatishlardagi aniqligi 88% va bu raqam eng yaxshi yarim himoyachilarga xos. Qariyb har bir bahsda bir marta samarali to‘p uzatishni amalga oshiradi. «Betis» xavbegining bunday darajasi mana bir necha mavsumdirki davom etmoqda va nima uchun birorta ham top-klub uni hozirgacha «ilib» ketmagani kishini hayron qoldiradi.

 

Aleks BERENGER

Klubi: «Osasuna»

Pozisiyasi: o‘ng qanot himoyachisi

Yoshi: 21

Transfer bahosi: 1 mln. yevro

Bu futbolchi haqida ham eshitmagan bo‘lishingiz mumkin, lekin La-liganing eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisini «Osasuna» qulagach, kimdir xarid qilishi aniq. Ispaniyalik himoyada o‘ta faol va to‘p olib qo‘yishda 2,8 va to‘p uchun kurashda 2,4 ko‘rsatkichlarga ega. Ko‘rsatkichlarning nisbatan ancha past ko‘rinish olganligini uning jamoasi ligada hammadan ham kam darajada to‘pga egalik qilishi, shuning uchun himoyaga urg‘u berishi bilan izohlash mumkin. Biroq hujumda  Aleks ispan qanot himoyachilarining eng yaxshi an’analariga sodiq holda to‘p suradi: har bir bahsda o‘rtacha 0,9ta hal qiluvchi uzatmalar va 0,7ta jarima maydoniga to‘p uzatish. Futbolchining yoshligi va hozircha o‘yini to‘liq shakllanmaganini e’tiborga olsak, uning xaridi muvaffaqiyatli chiqish ehtimoli yuqori.

 

Maurisio LEMOS

Klubi: «Las-Palmas»

Pozisiya: markaziy himoyachi

Yoshi: 21

Transfer bahosi: 7,5 mln. yevro

Bugun ko‘pgina klublarga pres- singdan chiqish uchun aniq to‘p oshiruvchi markaziy himoyachi zarur. «Rubin»ning sobiq himoyachisi Maurisio Lemos bu talabga to‘liq javob beradi. Urugvaylik futbolchi har bir o‘yinda o‘rtacha qariyb 11ta uzoqdan to‘p oshirishlarni amalga oshiradi va ularning 62% aniq bo‘ladi, 90% qisqa to‘p oshirishlari ham egasiga yetib boradi. Lemos yaxshigina texnika egasiligini u markaziy himoyachilar orasida ligada hammadan ham ko‘p aldab o‘tishlarni amalga oshirishi ham tasdiqlab turibdi. Maurisio himoyada ham o‘ynashni unutmaydi. Hozirda urugvaylik Yevropaning ko‘pgina klublari skautlari qalamiga tushgan, boisi bu darajadagi himoyachilarga talab o‘ta kuchli.

 

Duglas SANTOS

Klubi: «Gamburg»

Pozisiyasi: so‘l qanot himoyachisi

Yoshi: 22

Transfer bahosi: 6 mln. yevro

«Gamburg»ning ham ahvoli hozir yaxshi emas, ammo iqtidorli o‘yinchilari yetarli. Masalan, Duglas Santos. Yosh braziliyalik joriy mavsumda raqiblar uchun chinakam xavf bo‘lmoqda. Chunki, bundesligada yuqorida nomini keltirgan so‘l qanot himoyachisidan ham ko‘p to‘pni olib qo‘yadigan himoyachilar yo‘q. Santosning hisobida har bir bahsda to‘pni olib qo‘yish - 3,6, to‘p uchun kurashning 2,5tasini o‘z foydasiga hal qilyapti. To‘g‘ri, u hujumlarga ko‘p ham qo‘shilib ketavermaydi va buning sababi, «Gamburg» o‘yin-ning asosiy qismini maydonning ikkinchi - o‘z qismida o‘tkazmoqda. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Santos himoya chizig‘i kuchsizlangan klublarga o‘ta kerakli futbolchi, bundaylarga oldingi chiziqdagi faollik joiz ham emas.

 

Paskal GROP

Klubi: «Ingolshtadt»

Pozisiyasi: hujumkor yarim himoyachi

Yoshi: 25

Transfer bahosi: 4 mln. yevro

«Ingolshtadt» «cho‘kyapti», ammo Paskal Grop hammani yuqoriga «tortishda» davom etmoqda. Nemis futbolchisi jamoasida hujumkor dispetcher vazifasini bajarmoqda, biroq ko‘p hollarda «boks-tu-boks» pozisiyasida va tayanchda ham turishiga to‘g‘ri kelmoqda. Grop ligada hammadan ham ko‘proq so‘ng-gi zarbadan oldingi uzatishlarni amalga oshirmoqda (2,9), ammo «Ingolshtadt» hujumchilarining klassi pastligi bois assistlari  u qadar ko‘p emas. Anchagina kuchliroq jamoaga o‘tish Paskalni yangi darajaga olib chiqishi turgan gap.

 

Riad BUDEBUZ

Klubi: «Monpelye»

Pozisiyasi: hujumkor yarim himoyachi

Yoshi: 27

Transfer bahosi: 7,5 mln. yevro

Budebuz - muvaffaqiyatli xarid bo‘lishi mumkin va bu ortiqcha kutishlarsiz amalga oshadi. Jismoniy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan afrikalik yarim himoyachining tezligi va texnikasi uchun yozgi transfer oynasida haqiqiy kurash borishi aniq. Joriy mavsumning 22 o‘yinida aljirlik 8ta gol urdi, 6 marta aniq to‘p uzatishini amalga oshirdi, shuningdek har bir uchrashuvda o‘rtacha 3,5 tadan hal qiluvchi uzatishlarni amalga oshirmoqda. Uni ham top-klublarda kutib qolamiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:27, 26.03.2017.
O'qildi: 17467 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.