«Roma»ning sobiq bosh murabbiyi Karlo Massone jamoa ustozi Luchano Spalletti haqida o‘z fikrlarini aytdi.
«Spalletti o‘zini bosib olishi kerak. U menga hech qachon yoqmagan. U juda ko‘p vaziyatlarda quyushqondan chiqib ketgan va mojarolarni keltirib chiqargan.
Totti bilan bog‘liq vaziyatni eslang - Spalletti o‘ziga o‘zi tupurdi. U hamma narsani nazorat qilmoqchi, buyruq bermoqchi bo‘ladi. Futbol olamida bunday hulq–atvorni qabul qila olmayman» - dedi Massone Football Italia xabarida.