Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Lochinlar: Ilhom Mo‘minjonovga tajriba yetishmayapti

Lochinlar: Ilhom Mo‘minjonovga tajriba yetishmayapti

Baho:
+ | -
So‘nggi yillarda yurtimizda yosh murabbiylar oliy liga jamoalarini boshqarib kelishmoqda.   Bular qatoriga "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovni ham qo‘shsak bo‘ladi. O‘z navbatida Namangan jamoasi yosh mutaxassislarga tajriba vazifasini o‘tab berayotgan jamoalardan biri sanaladi. Ushbu so‘zimizga misol sifatida Baxtiyor Ashurmatov, Rashid G‘ofurov, Ravshan Bozorovni qo‘shsak bo‘ladi.
Ilhom Mo‘minjonov boshchiligida "Navbahor" yangi mavsumda Oliy ligada 3 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, uchchala uchrashuvda 3 xil natija qayd etildi. Tarkib yomon tuzilmagan. Futbolchilar ham bir-birlari bilan maydonda yaxshi til topisha olishmoqda. Faqatgina murabbiyda biroz tajriba yetishmayotgani o‘tkazilgan uchrashuvlarda namoyon bo‘ldi.

Jamoa o‘yinida shijoat bor, lekin o‘ylab to‘p surilmayapti. Hujumlar asosan bir qanotdan amalga oshirilyapti. Maydon markazidan kirib keskinlik yaratilmayapti. "Neftchi"ga qarshi kechgan uchrashuvda farg‘onaliklar "Navbahor"ning o‘yin uslubini tezda fahmlab, jamoamizni qiyin holatga tushirib qo‘ygandi.

Haqiqattan ham, Ilhom Mo‘minjonovda tajriba kamlik qilmoqda. Lekin bu bilan Mo‘minjonov bilan jamoa uzoqqa bora olmaydi va shunga o‘xshash fikrlar bildirishdan yiroqmiz. Murabbiyni mavsumga hozirlik ko‘rayotgan mahalda ko‘kka ko‘targan ayrim "muxlislar" 3-4 ta o‘yindan xulosa chiqarib har xil fikrlar bildirishmoqda. Albatta, bu noto‘g‘ri. Avvalo muxlislar jamoa murabbiylariga ishlash uchun imkoniyat berishlari lozim! Ana o‘shanda ushbu mutaxassislar bilan "Navbahor" nimagadir erishishi mumkin bo‘ladi.   
Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 13:03, 27.03.2017.
O'qildi: 9072 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик