Kirish Ro'yxatdan o'tish

Astana Arlans jamoasi Uzbek Tigers’ga qarshi janglar uchun Toshkentga eng kuchli bokschilarini olib keladi

Astana Arlans jamoasi Uzbek Tigers’ga qarshi janglar uchun Toshkentga eng kuchli bokschilarini olib keladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasining (WSB) VII mavsum «C» guruhi 5-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 1 aprel kuni Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi bahs olib boradi.

Bo‘lajak janglarda Qozog‘iston sharafini himoya qiladigan bokschilar tarkibi ma’lum bo‘ldi:

-49 kilogramm: Temirtas Jusupov (Osiyo chempioni);

-56 kilogramm: Ilyos Suleymenov (Osiyo o‘yinlari g‘olibi);

-64 kilogamm: Dilmurod Mijitov (Qozog‘iston chempionati sovrindori);

-75 kilogramm: Saparbay Aydarov (Qozog‘iston chempioni);

+91 kilogramm: Anton Pinchuk (Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi).

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017 yil hisobidan 4 ta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyin Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilishga erishdi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons’ni 5:0 hisobida yutdi va safardagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:12, 28.03.2017.
O'qildi: 13502 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик