Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

JCH-2018. J.Koreya omad tufayli g‘alabani saqlab qoldi

JCH-2018. J.Koreya omad tufayli g‘alabani saqlab qoldi

Baho:
+ | -

Osiyo qit’asida JCH-2018 saralash bosqichi doirasida guruhimizda dastlabki o‘yin yakuniga yetdi.

Ochko yo‘qotishga haqi qolmagan Janubiy Koreya terma jamoasi o‘yinning 4-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p burchakdan o‘yinga kiritilgan paytda himoyachi Xong Jeong-Xoga kelib tushdi va 10 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu gol Uli Shtilike shogirdlarining kayfiyatini ko‘tardi va mezbonlar tanaffusga qadar tashabbusni o‘z tomonlarida ushlab turishdi.

Ikkinchi bo‘limda suriyaliklar tezlikni oshirishdi hamda kuchli raqib darvozasi oldida bir nechta vaziyatlarni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayniqsa, tajribali Firas al-Xatib darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib kuchli zarba yo‘lladi. To‘p koreyalik posbonning yuziga tegib qaytdi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Suriya durangga erishishi mumkin edi, ammo yana o‘sha Al-Xatib yaqin masofadan berilgan zarba natijasida to‘p to‘singa qaytdi.

To‘g‘ri, koreyaliklar ham ikkinchi bo‘limda 1-2ta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Shunga qaramay, Janubiy Koreya katta qiyinchilik va omad tufayli 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Koreya o‘z ochkolarini 13taga yetkazib oldi. Suriya esa 8 ochko bilan qoladigan bo‘ldi.

JCH-2018 saralash. Osiyo, "A" guruhi, 7-tur, 16:00
JANUBIY KOREYA - SURIYA 1:0
Gol: Xong Jeong-Xo (4)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:51, 28.03.2017.
O'qildi: 19183 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик