Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Maksim Shaskix: «Bunyodkor» hamda «Neftchi» o‘yinlariga qiziqishim baland»

Maksim Shaskix: «Bunyodkor» hamda «Neftchi» o‘yinlariga qiziqishim baland»

Baho:
+ | -

Yaqinda Protasov nomidagi to‘purarlar klubiga asos solindi. Mazkur faxriy klubga sobiq ittifoqda tug‘ilgan va boshqa mamlakatlar chempio­natlarida 100ta yoki ko‘proq gol urgan futbolchilar a’zo bo‘lishadi. Xullas, ukrainalik hamkasblarimiz yaqinda O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shaskix bilan uchrashib, uning aynan «Protasov klubi» haqidagi fikrlariga qiziqishdi. Umuman, suhbat asosan o‘zbek futboli xususida kechdi.

- Maksim, sizningcha, «Protasov klubi» futbol uchun kerakmi?

- Ha, albatta! Bu har qanday futbolchiga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Shuningdek, ushbu loyiha sobiq ittifoq hududidagi o‘yinchilarni birlashtirib turadi. Hech kimga sir emas, sobiq ittifoq chempionati Yevropaning eng kuchli ligalaridan biri sanalgan.

- Siz uchun hujumchi sifatida birdaniga 3ta to‘purarlar klubiga kirish qanday ahamiyat kasb etadi?

- Juda katta. Demak, futbol maydonida vaqtni bekor o‘tkazmaganman. Men uchun gollarim va jamoam yutug‘ining muxlislarga quvonch bag‘ishlashi muhim sanalgan. Afsuski, O‘zbekistonda Birodar Abduraimov va Gennadiy Krasniskiy nomidagi faxriy klublarni shakllantirishda futbolchilarning xorij chempionatlarida urgan gollari hisobga olinmaydi.

- «Protasov klubi»ga kirgan qaysi futbolchilar bilan shaxsan tanishsiz?

- Deyarli barchalarini bilaman, taniyman. Ba’zilari bilan bitta jamoada o‘ynaganman, bosh­qalariga qarshi to‘p surganman.

- Klub tuzilishiga asos bergan Oleg Protasovni eslaysizmi?

- Albatta. Ayniqsa, sobiq ittifoq terma jamoasidagi o‘yinlari orqali. U 1985 yilgi chempionatda 35ta gol urib, rekord o‘rnatgandi. Hozirgacha hech kim o‘sha natijani takrorlay olmadi. E’tiborli tomoni, o‘sha vaqt Protasov endi  21 yoshni qarshilagan ekan. Yana bir jihati, u sobiq ittifoq futbolchilari orasida birinchi va yagona marta «Kumush butsa»ni qo‘lga kiritgan. O‘sha mavsum «Oltin butsa» Protasovdan 2tagina ko‘p gol urgan Marko van Bastenga nasib etgandi.

- O‘zbekiston chempionatidagi ishlarga ham qiziqib turasizmi?

- Ha. Imkoniyatga qarab, natijalar bilan tanishib chiqaman. Shuningdek, O‘zbekiston klublarining Osiyo turnirlaridagi ishtirokiga ham befarq emasman. Tabiiyki, terma jamoamiz va klublarning xalqaro arenalardagi yutuqlaridan o‘zgacha shodlanaman. Aytishim joiz, o‘zbek futboli yildan-yilga rivojlanmoqda. Albatta, bu odamni quvontiradi.

- Xo‘sh, O‘zbekistonning qaysi jamoasiga alohida muxlislik qilasiz?

- «Bunyodkor»ga. Bu jamoada eng yaqin do‘stim Viktor Karpenko to‘p surgan. U ayni payt Toshkent klubi murabbiylar shtabidan ishlamoqda. Shuningdek, Farg‘onaning «Neftchi»si o‘yinlariga qiziqishim baland. Zero, bu jamoani yana bir yaqin do‘s­tim Andrey Fyodorov bosh­qarmoqda. Ular bilan O‘zbekiston terma jamoa­si safida birga to‘p surganmiz.

- Sizningcha, joriy mavsum sovrinli o‘rinlar uchun qaysi jamoalar kurash olib boradi?

- Bu masalada jiddiy o‘zgarish kuzatilmasa kerak. Oldingidek «Lokomotiv», «Bun­yodkor», «Paxtakor» va «Nasaf»­ning imkoniyatlari balandroq, chamamda.

- O‘zingiz ayni payt nimalar bilan mashg‘ulsiz?

- Kiyev «Dinamo»sining yoshlar (U-19) jamoasi murabbiylar shtabida ishlayapman.

- Oilada esa ishonchli tayanch­ga egasiz...

- Ha, ajoyib oilam bor - rafiqam Olesya va ikki qizim. Katta qizim Renata yaqinda institutdagi tahsilni tamomlaydi. Kenjam - Kristina esa 9-sinfda o‘qimoqda. Umuman, men uchun eng muqaddasi - aynan oila.

Biografik ma’lumot

Maksim Aleksandrovich Shaskix 1978 yilning 30 avgust kuni Toshkentda tug‘ilgan. «Paxtakor» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Hujumchi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi. Faoliyati davomida «Sokol» (Saratov), «Torpedo» (Voljskiy), «Lada» (Tolyatti), «Gazovik-Gazprom» (Ijevsk), «Baltika» (Kaliningrad), «Dinamo» (Kiyev), «Arsenal» (Kiyev), «Chernomores» (Odessa), «Goverla» (Ujgorod) va «Lokomotiv» (Astana) klublarida o‘ynagan. Umumiy hisobda Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va UYEFAning klublar doirasidagi rasmiy turnirlarida 566ta o‘yin o‘tkazib, 206ta gol urgan. O‘zbekiston milliy jamoasidagi statistikasi: 61ta o‘yin, 34ta gol. Maksim Shaskix hisobida Ukraina chempionatining 6ta oltin medali bor. U bundan tashqari, Ukraina kubogi, superkubogi va chempionat kumush medalining ko‘p karra sohibidir. 2009 yili esa Qozog‘iston chempionatida ham kumush medal yutgan. O‘zbekistonda 4 marta (2003, 2005-2007) yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan. Ukraina chempionatining 2 karra eng yaxshi to‘purari (2000 va 2003). Ukraina chempio­nati tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomi ham aynan Shaskixga tegishli (124ta gol). 2011 yili legioner-to‘purarlar klubiga uning nomi berilgan. Maks yana Oleg Bloxin va Sergey Rebrov nomidagi to‘purarlar klubi a’zosi sanaladi. Joriy yil mart oyida Oleg Protasov nomidagi to‘purarlar klubiga kiritildi (183ta gol).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:40, 29.03.2017.
O'qildi: 9516 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.