«Real» klubining sobiq, ayni paytda «Portu» darvozaboni Iker Kasilyas qadrdon jamoasidan xafa emasligini aytdi.
«Real»dan umrbod minnatdorman. Jamoa tarkibida bolalikdagi orzularimni ro‘yobga chiqardim. Barcha murabbiylar va xodimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandim» - dedi Kasilyas Marca xabarida.