Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

O‘zaro to‘qnashuvdan oldin. «Arsenal» va «Manchester Siti»da o‘ynagan futbolchilar

O‘zaro to‘qnashuvdan oldin. «Arsenal» va «Manchester Siti»da o‘ynagan futbolchilar

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining navbatdagi turida markaziy o‘yin so‘zsiz “Arsenal” – “Manchester Siti” bahsi. Goal nashri fursatdan foydalanib, bu ikki klub libosida maydonga tushgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Emmanuyel Adebayor – “Arsenal” libosida 104 marta maydonga tushib, 46 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Manchester Siti” libosida esa 34 o‘yin o‘tkazgan. Bu o‘yinlarda atigi 15 gol ura olgan.

Nikolya Anelka – “Arsenal” safida 65 o‘yin o‘tkazgan va 23 gol urgan bo‘lsa, “Manchester Siti” tarkibida 89 marta maydonga tushgan, 37 golga mualliflik qilgan.

Gael Klishi – “to‘pchilar” safida 187 o‘yin o‘tkazganiga qaramay fransiyalik himoyachi atigi 1 gol urgan. “Shaharliklar” bilan 129 uchrashuv o‘tkazgan Klishi 2 gol urishga erishgan.

Pol Dikav – London jamoasi tarkibida 20 bellashuvda ishtirok etib, 3 bora raqib darvozabonlarini ranjitgan. Manchester klubi libosida 36 bora maydonga tushgan. 4 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Samir Nasri – “Arsenal” libosida 86 marta maydonga tushgan, 18 gol urishga musharraf bo‘lgan. “Manchester Siti” bilan 124 marta maydonga tushib, 17 gol ura olgan.

Bakari Sanya – Venger qo‘li ostida 213 uchrashuv o‘tkazgan. Himoyachi bu bahslarda 4 gol urishga erishgan. Keyinchalik Manchesterga ko‘chib o‘tgan fransiyalik himoyachi hozircha 50 uchrashuv o‘tkazgan. Birorta ham gol ura olmagan.

Devid Siman – “Arsenal” afsonalaridan biri Devid Siman 325 bahsda londonliklar darvozasini qo‘riqlagan. Hisobida hech qanday gol yo‘q. keyinchalik o‘z omadini “Manchester Siti”da sinab ko‘rgan Siman atigi 19 uchrashuv o‘tkaza olgan.

Silvinyo – braziliyalik himoyachi “Arsenal” safida 55 bora maydonga tushgan va 3 gol urgan. Faoliyatining so‘nggirog‘ida esa “Manchester Siti”da o‘tkazgan himoyachi 10 bora maydonga tushgan.

Kolo Ture – “Arsenal” safida 225 uchrashuvda ishtirok etgan. 9 golga mualliflik qilgan. Keyinchalik “Manchester Siti” a’zosiga aylangan Kolo Ture jamoa safida 82 uchrashuv o‘tkazgan. 2 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Patrik Viyeyra – “Arsenal”ning navbatdagi afsonalaridan biri Viyeyra 279 uchrashuv o‘tqazib, 29 gol urishga erishgan. Faoliyatining yakunida “Manchester Siti”da ham o‘z omadini sinab ko‘rgan fransiyalik futbolchi 28 bellashuvda maydonga tushib 3 golga mualliflik qilgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:10, 01.04.2017.
O'qildi: 5854 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.