Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans" jamoalari o‘rtasidagi jang oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans" jamoalari o‘rtasidagi jang oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun poytaxtimizdagi Grand Mir mehmonxonasida WSB – Jahon Boks Seriyalarining 7-mavsumidan o‘rin olgan "Uzbek Tigers" hamda "Astana Arlans" bahsi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning dastlabki qismida ikki jamoa vakillari OAV tomonidan berilgan savollarga javob berishgan bo‘lsa, so‘ngra bokschilarni vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tkaziladigan muhim uchrashuvda"Uzbek Tigers" jamoasi sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi.  49 kilogramm vaznda Olimpiya chempioni -Hasanboy Do‘smatov, 56 kilogrammda  O‘zbekiston chempioni - Abdulhay Shorahmatov, 64 kilogammda esa  Jahon chempionati sovrindori - Elnur Abduraimov, 75 kilogrammda Osiyo o‘yinlari kumush medal sovrindori - Isroil Madrimov, vanixoyat 91 kgda  O‘zbekiston chempioni - Zuhriddin Mahkamov g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilishadi. Juda ma’suliyatli va jiddiy musobaqada jamoamiz a’zolariga omad tilab qolamiz  va siz muxlislarni qo‘llab quvvatlashga chorlaymiz. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak "Astana Arlans" ham ushbu uchrashuvga eng kuchli bokschilar ya’ni 49 kilogrammda Osiyo chempioni Temirtas Jusupov, 56 kilogramm  vaznda  Osiyo o‘yinlari g‘olibi Ilyos Suleymenov, 64 kilogamm og‘irlikda  Qozog‘iston chempionati sovrindori Dilmurod Mijitov, 75 kgda Qozog‘iston chempioni Saparbay Aydarov91 kgda  Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Anton Pinchukni jalb etgan.      

Umumiy natijalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak ketma-ket ikki g‘alabadan so‘ng "O‘zbek yo‘lbarslari" jamoasi 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Guruh peshqadami "Astana Arlans" hisobida esa 12 ochko bor.

1 aprel kungi raqiblarimiz guruhdan chiqish masalasini muddatidan oldin hal qilishgan. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa 1/4 finalga yo‘llanma oladi.  Xozirgacha esa 4 ta jangdan keyin guruhdagi vaziyat:   

1. Astana Arlans - 12 ochko.    

2. Uzbek Tigers - 6 ochko    

3. Patriot Boksing Tim - 4 ochko.

4. Chayna Dragons - 3 ochko.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:10, 01.04.2017.
O'qildi: 10683 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик