«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan «Granada» (4:1) klubiga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini aytdi.
«Futbolchilarim terma jamoalarning o‘yini tufayli ko‘p vaqtini samolyotda o‘tkazishdi. Ammo bugun ular yaxshi o‘yin namoyish qilishdi.
Rafinyaning jarohati ko‘ngilni xira qildi, u biz uchun jiddiy yo‘qotish.
Neymarning 100-goli? Bunday raqamga unga o‘xshagan haqiqiy yirtqich erisha oladi» - dedi Enrike.