Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Akmal Bozorov «Dinamo»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Akmal Bozorov «Dinamo»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

Oliy Liganing startiga to‘g‘ri kelgan mart oyi «Dinamo» jamoasi uchun omadli o‘tdi, deyishga asoslar yetarli. Klub rasmiy sayti muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, klubning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

«Sizningcha, «Dinamo» jamoasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim?» deya 10 kun davomida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi sardori Akmal Bozorov «oyning eng yaxshi futbolchisi» nomiga loyiq ko‘rildi.

31 yoshli samarqandlik yarimhimoyachi jami 192 ta ovoz olib, umumiy muxlislarning 29 % foiz ovoziga ega bo‘lgan. Chindanam, Akmal Bozorov mart oyida o‘tkazilgan dastlabki to‘rt turda maydonga tushib, «Metallurg» va «Sho‘rtan» darvozasini ishg‘ol etdi, «Paxtakor» bilan bahsda ham jamoaning ketma-ket uchinchi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Jarohatiga qaramay, «Navbahor» bilan bahsda zaxiradan maydonga tushdi.

Bu borada Bozorovga jamoa hujumchisi Sardor Sulaymonov «raqobatchilik» qildi. «Sho‘rtan» va «Nasaf»ga qarshi nazorat bahsida gol muallifi bo‘lgan 23 yoshli hujumchi 151 (22.8%) ovoz bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Bu borada uchinchi o‘rin Abdumalik Abdullayevga nasib etdi. Tezkor hujumchiga 126 ta ovoz berilgan bo‘lib, bu jami ovozlarning 19% foizidir. Abdumalik «Metallurg»ga qarshi bahsda ikkinchi golga hammualiflik qilgan bo‘lsa, «Sho‘rtan»ga qarshi o‘yinda zaxiradan tushib gol urishga erishdi.

Shuningdek, jamoa posboni Mixail Naumov 64 (9.7%), iqtidorli yarimhimoyachi Javohir Qahramonov 61 (9.2%), yosh markaziy himoyachi Bunyod Isroilov 34 (5.1%), qanot yarimhimoyachisi Orif Mamajonov 18 (2.7%) va himoyachi Shohruh Xolmatov 17 ta ovoz (2.6%) muxlislar tomonidan e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida «Dinamo» to‘rt o‘yinda uchta g‘alaba va bir mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida 3-pog‘onadan joy olgan. Jamoa navbatdagi uchrashuvni 7 aprel kuni Qo‘qonda mahalliy jamoaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:15, 03.04.2017.
O'qildi: 6154 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.