Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Intervyu. Robert Levandovski: «Bavariya» g‘alabasi muhimroq»

Intervyu. Robert Levandovski: «Bavariya» g‘alabasi muhimroq»

Baho:
+ | -

«Bavariya» sharafini himoya qilayotgan Robert Levandovski jamoaning asosiy yulduziga aylanib ulgurgan. Polshalik futbolchi o‘z gollari bilan muxlislarini xursand qilmoqda. Yaqinda Levandovski Sport Bild nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Bugungi kunda jahonning eng mashhur klubi hisoblangan Madridning «Real»i bilan kechadigan ikkita o‘yindan nimalar kut­yapsiz?

- Nima uchun «Real» eng mashhur? Jamoamiz tarkibida ham jahon darajasidagi yulduzlar madridliklarnikidan kam emas. Umuman, bu holat o‘yinning yanada qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi. Klubdagilar 2014 yilgi natijani unutishmagan. O‘shanda o‘z maydonimizda 0:1, safarda esa 0:4 hisobida imkoniyatni boy berganmiz. Ushbu natijalar ham bu gal yanada kuchliroq harakat qilishimizni ta’minlaydi. Albatta, «Real»ga qarshi kechadigan bahsga alohida tayyorgarlik ko‘ryapmiz va unda o‘zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish qilmoqchimiz.

- «Real»dan bo‘lgan taklifga qaramay, siz «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzoladingiz. Bu bilan Karl-Xayns Rummenigge hozirgi «Bavariya» o‘z tarkibida eng yuqori saviyali futbolchilarni olib qolishga qodirligini isbotladi...

- «Bavariya»da futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yerda o‘sishingiz, yuqori natijalarni qayd etishingiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, sharoitlar o‘sha «Real»nikidan kam emas. Shuningdek, «Bavariya» - men yuqori natijalarni qayd etishni istaydigan klub. Misol uchun, joriy mavsumda o‘zimiz ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘olib chiqish imkoniyatiga egamiz.

- Ayni payt koleksiyangizda xal­qaro turnir kubogi yo‘q...

- Balki shuning uchun ham Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni juda istayotgandirman. Bu maqsadga erishish uchun qo‘limdan kelganini qilaman. Joriy mavsum ustunlikka egamiz. Chunki hal qiluvchi o‘yinlar oldidan barcha futbolchilarimiz sog‘- salomat va yaxshi formada.

- Sport Bild o‘quvchilari eng yaxshi futbolchini aniqlashda sizni Krishtianu Ronaldu, Leo Messi va Neymardan yuqoriga qo‘yishdi...

- Albatta, bu yoqimli. Muxlislar nafaqat gollarimni, balki jamoa uchun mehnat qilayotganimni ham qadrlashadi.

- «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni istaysizmi?

- Eng avvalo, jamoaviy o‘yin hisoblangan futbol a’zosiman. Shu bois ham men uchun «Bavariya»ning g‘alabalari muhimroq. Lekin individual reytinglar va mukofotlar meni qiziqtirmaydi, desam aldagan bo‘laman. Albatta, mendan «Oltin to‘p»ni olishni istaysanmi, deb so‘rashsa, shubhasiz, xohlayman, deb javob beraman. Buning ustiga: agar Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonsak, «Oltin to‘p»ni olish imkoniyatlarim oshadi. Demak, individual mukofotni qo‘lga kiritishda jamoaviy yutuqning ahamiyati katta.

- Xosep Gvardiola qo‘l ostida jamoangiz qatorasiga uch marta YECHL yarim finalidan chiqib ketdi. U ketgach nima o‘zgardi?

- So‘nggi yillarda omadimiz kelmaganining sababi - hal qiluvchi o‘yinlarga yaxshi formada yetib bormagandik. Bundesligada raqiblardan ancha o‘zib ketganimizning ahamiyati yo‘q. Biz har bir o‘yinda o‘z darajamizda harakat qilib, e’tiborsizlik qilmasligimiz kerak.

-  «Borussiya» (Myonxengladbax)­ga qarshi uchrashuvda Aryen Robbenga pas bermadingiz. Shundan so‘ng u ajablandi. Bu vaziyat haqida nima deya olasiz?

- O‘sha vaziyatda Aryen o‘yindan tashqari holatga tushib qolishi mumkin, deb o‘yladim. Shu bois ham to‘pni darvoza tomon tepishga qaror qildim.

- Bundesliga to‘purarlari orasida Pyer-Emerik Obameyangni ortda qoldiryapsiz...

- To‘g‘risini aytsam, to‘purarlar reytingiga unchalik qiziqmayman. Faqatgina chempion bo‘lganimizdan so‘ng bunga e’tibor qarataman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 04.04.2017.
O'qildi: 6288 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.