Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

"Manchester Siti" yozda 10 nafar futbolchisini sotmoqchi

"Manchester Siti" yozda 10 nafar futbolchisini sotmoqchi

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Siti" klubi asosiy tarkib futbolchilarining 10 nafaridan qutilmoqchi.

Birinchi navbatda shaharliklar ijara asosida to‘p surayotgan futbolchilariga bo‘layotgan takliflarga e’tiborini qaratadi. Ular - darvozabon Jo Hart ("Torino"), himoyachilar Elyakim Mangala ("Valensiya") va Jeyson Denayer ("Sanderlend"), yarimhimoyachilar Samir Nasri ("Sevilya") hamda hujumchi Uilfrid Boni ("Stok Siti"). Shuningdek, bu ro‘yxatga Vensan Kompani va Fernando ham kiritilishi mumkin.

Klub yozda darvozabon Klaudio Bravo, himoyachi Aleksandr Kolarov va hujumchi Nolito bilan ham shartnomani bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda. Lekin bu futbolchilarga o‘rinbosar topilsagina sotiladi.

Agar "Manchester Siti" bu futbolchilarni barchasini sotsa, unda taxminan 100 million funt mablag‘ ishlab olishi mumkin bo‘ladi. Bu kelishuvlar klubga ancha foydali bo‘lishi mumkin. Sababi, mazkur futbolchilarning ayrimlari jamoa bilan katta miqdordagi mablag‘ga shartnoma imzolagan. Bu borada shaharliklar faqat ikki futbolchi Jo Hart va Uilfrid Boni narxini biroz tushirib berishi mumkin. Boni "Suonsi"dan 28 million funt evaziga harid qilingan bo‘lsa-da, jamoa uni ikki barabar past narxga ham pullashga tayyorligi aytilmoqda.

Jo Hartga keladigan bo‘lsak, uni APL jamoalaridan ko‘ra boshqa chempionat klublariga sotilishi ehtimoli yuqori. Agar chet el jamoalari darvozabonga kam pul to‘laydigan bo‘lsa, unda APLdagi biror raqib jamoa taklifi ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozda klubda katta o‘zgarishlar qilishini aytgan edi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 13:06, 04.04.2017.
O'qildi: 16993 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.