Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Astana Arlans’ni mag‘lub qilgan Uzbek Tigers pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lgani oydinlashdi

Astana Arlans’ni mag‘lub qilgan Uzbek Tigers pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lgani oydinlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 5-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 1 aprel kuni Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi jang qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.

Qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschilar ochkolari hisobini 9 taga yetkazib oldi. Astana Arlans mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, 12 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib qoldi. Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi 7 ochko bilan uchinchi, Xitoyning China Dragons bokschilari 3 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Foto: WSB

Foto: WSB

«C» guruhidagi singari «A» guruhida ham 5-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mavsum kashfiyotlaridan biri Colombia Heroicos o‘tkazilgan barcha janglarda g‘alaba qozonib, 15 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsum chempioni – Cuba Domadores 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band qilib turibdi. Uchinchi o‘rinda borayotgan Caciques Venezuela hisobida 4 ochko, to‘rtinchi o‘rindagi Argentina Condors’da esa 1 ochko mavjud.

«B» guruhi ishtirokchilari jami 4 ta tur o‘tkazishga ulgurdi. British Lionheatrs va France Fighting Roosters 10 ochkodan jamg‘argan holda 1–2-pog‘onani band qilib turibdi. Italia Thunder 7 ochko bilan uchinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Morocco Atlas Lions 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda turibdi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra, «A», «B» va «C» guruhida 1–2-o‘rinlarni egallagan hamda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ikkita uchinchi o‘rin sohibi keyingi bosqichga chiqadi.

Demak, «C» guruhida Uzbek Tigers so‘nggi turda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi bahs natijasidan qat’i nazar pley-off yo‘llanmasini naqd qilib bo‘ldi. Chunki «A» guruhida 3-o‘rinda borayotgan Venesuela jamoasida so‘nggi tur oldidan 4 ochko bor. Caciques Venezuela 6-turda g‘alaba qozonib, 7 ochkoga ega bo‘lsa ham Uzbek Tigers kamida 9 ochko bilan Venesuela jamoasidan yaxshiroq natija qayd etib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:40, 04.04.2017.
O'qildi: 18361 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик