Alexandro Xose Ernandes Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Real» – «Barselona» o‘yinini boshqaradigan bo‘ldi.
Hakam joriy mavsumda «Betis» – «Barselona» (1:1) o‘yinini boshqarib, Luis Suares tomonidan urilgan golni inobatga olmadi. U to‘pni darvoza chizig‘ini kesib o‘tganini ko‘rmay qolgandi.
O‘tgan mavsumda u «Barselona» – «Real» (1:2) o‘yinida ishlagan va Garet Beylning golini inobatga olmagan. Ernandes uni havodagi to‘p uchun kurashda o‘yin qoidasini buzgan deb hisoblagandi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» – «Barselona» o‘yini 23 aprel kuni o‘tkaziladi.