«Barselona» klubining sobiq futbolchisi Edmilson hamyurti Neymarning sha’niga iliq so‘zlarni aytdi.
«Neymar – Braziliya futbolining modelidir. U «Barselona»dagi faoliyatini vazminlik bilan boshladi, o‘z o‘rnini topishga urindi. Yaqin yillar ichida u o‘sishda davom etadi. Neymar dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ladi, lekin qachonligini bilmayman. Nima bo‘lganda ham, shoshilmaslik kerak» - dedi Edmilson Marca xabarida.