Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Sergey Lushchan: "O‘yinimiz qovushsa, raqiblarimizga qiyin bo‘ladi"

Sergey Lushchan: "O‘yinimiz qovushsa, raqiblarimizga qiyin bo‘ladi"

Baho:
+ | -

“Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ishtirok etishdi.

Unda bosh murabbiy Sergey Lushchanga himoyachi Dilshodbek Ahmadaliyev xamrohlik qildi.

- Isfahon shahrida yana bir bor bo‘lib turganimdan xursandman. Bu yerdagi mehmondo‘stlik uchun katta rahmat aytaman. Bevosita o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, ertaga yaxshi o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Shogirdlarimdan yaxshi va munosib o‘yin ko‘rsatib, muxlislarimizga xushkayfiyat ulashishlarini istardim, - deb gap boshladi Sergey Ivanovich.

- Guruhdagi vaziyatidan kelib chiqib ayta olasizmi, “Bunyodkor” ertangi bahsda jamoangiz qanday taktikada to‘p tepadi?
- Biz guruh favoriti emasligimizni yaxshi bilamiz. Osiyo Chempionlar ligasining “pley-off” bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, asosiy to‘rga chiqqanimizning o‘zi katta yutuq bo‘lgan. Uch yildan buyon yangi tarkib tuzayapmiz. 2014 yilda jamoaning kelajak strategiyasi o‘zgarib, asosiy e’tiborni o‘z futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilariga qaratganmiz.

Shunday ekan, maqsad sari bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan intilyapmiz. Hozirgi tarkibimiz bilan ichki musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish asosiy maqsad qilib belgilangan. Masalan, “zayavka”dan o‘tkazgan 45ta futbolchimizning atigi 6 nafar 25 yoshdan yuqori bo‘lganlar. Jamoaning o‘rtacha yoshi esa 20,2ni tashkil etmoqda. Bu yigitlar bilan ishlashda davom etamiz va ishonamanki xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlar ham asta-sekinlik bilan keladi.

- “Bunyodkor” Isfahonga bir qator yo‘qotishlar bilan kelgan...
- Ha, Jovlon Ibrohimov va Alisher Sanoyev jarohatlari bois Toshkentda qolishgan. Vadim Chemirtan o‘tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan va ertaga bizga yordam bera olmaydi. Eronga 16ta futbolchi bilan kelganmiz: shularning 2tasi darvozabon. O‘ylaymanki, jarohat olganlarni o‘rnini bosa oladigan boshqa futbolchilarimiz bor va ularga ishonamiz.

- Ertangi bahsdan qanday natija kutayapsiz?
- Men tahmin qilishni yoqtirmayman. Toshkentda kechgan bahsda o‘yinimiz qovushmagan edi. O‘ylaymanki, ertaga futbolchilarimiz o‘zlarining eng yaxshi sifatlarini namoyish etishadi. Tarkibimizda iqtidorli yoshlar ko‘p. Ularga barqarorlik yetishmayapti. Ishonamanki, o‘yinimiz qovushsa raqiblarimizga qiyin bo‘ladi.

- Ertaga bizni oson bo‘lmagan bahs kutmoqda. Yutsak kurashni davom ettiramiz. Shunday ekan, g‘alaba qozonishga va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Dilshodbek Ahmadaliyev.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:36, 10.04.2017.
O'qildi: 7786 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.