«Borussiya» D klubining ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatske jamoa avtobusi oldida yuz bergan portlashlarga izoh berdi.
«Portlashlardan biri bosh murabbiy Tomas Tuxel o‘tirgan joy yaqinida yuz berdi. U karaxt ahvolda qolgan.
Jamoa futbolchilari bu voqeadan lol qolishdi. Ayni paytda barcha futbolchilar xavfsiz joyda saqlanmoqda. Ularning qayerda ekani xavfsizlik nuqtai nazaridan sir tutilmoqda» - dedi Vatske.