Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

YECHL, chorak final. «Barselona» dastlabki o‘yinda «Yuventus»ga yirik hisobda yutqazdi

YECHL, chorak final. «Barselona» dastlabki o‘yinda «Yuventus»ga yirik hisobda yutqazdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda "Parij voqeasi" takrorlandi. "Barselona" safarda yana yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

"Yuventus" dastlabki o‘yinni ideal darajada o‘tkazdi va o‘zi yaratgan vaziyatlardan o‘ta samarali foydalandi. Ayniqsa, Paulo Dibala juda aniq zarbalar bilan o‘yinning 7 va 22-daqiqalarida ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozaning bitta burchagini ikki marta ishg‘ol qildi.

Bu ikki gol orasida "Barsa" bitta javob to‘pini kiritishi kerak edi. Messi ajoyib pas bilan Inyestani birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Andres jarima maydonchasi ichida yo‘llagan nozik zarbani Buffon qaytarishga erishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida jamoalar ochiq o‘yin namoyish qilishdi. Natijada har ikkala jamoa gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Messi 16 metrlardan yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustun yonidan o‘tib ketgan bo‘lsa, Iguain yakkama-yakka vaziyatda yo‘llagan zarbani ter Shtegen qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 55-daqiqada esa burchakdan yetkazilgan uzatmani Jorjo Kyellini bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Bahsning 68-daqiqasida Messining pasidan keyin bu safar Suares birga-bir vaziyatga qochib ketib, zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.

"Barselona" xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha raqibdan ortda qolmadi. Ammo himoyadagi sustkashlik va vaziyatlardan foydalana olmaslik tufayli yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Javob o‘yini bir haftadan keyin "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.

YECHL, Chorak final, dastlabki o‘yin
"YUVENTUS" - "BARSELONA" - 3:0
11 aprel, 23.45, «Yuventus Stedium»
Gollar: 1:0 – 7 Dibala, 2:0 – 22 Dibala, 3:0 – 55 Kyellini.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Dani Alves, Kyellini, Pyanich (Bardzali, 89), Xedira, Kuadrado (Lemina, 73), Manjukich, Dibala (Rinkon, 81), Iguain.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Matye (Andre Gomesh, 46), Maskerano, Inyesta, Rakitich, Serji Roberto, Neymar, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Dani Alves (28), Suares (53), Inyesta (57), Manjukich (63), Xedira (74), Lemina (90), Umtiti (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:38, 12.04.2017.
O'qildi: 15806 marta.
Fikrlar: 44 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.