Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli
11/12 15:00 Gamba Osaka 2-0 Ratchaburi
11/12 15:00 Tep Han Nam Din 9-0 Istern
11/12 17:15 Beyjing Guoan 1-2 Makartur
11/12 17:15 Tay Po 1-0 Kongan Hanoi
11/12 17:15 Pathum Yunayted 0-2 Tampines Rovers
11/12 17:15 Kaya–Iloilo 0-1 Poxang Stilers
13/12 00:45 Lechche - Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad - Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna

Chempionlar Ligasi: chorakfinalning eng yomon o‘ynaganlar ramziy terma jamoasi

Chempionlar Ligasi: chorakfinalning eng yomon o‘ynaganlar ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

2016/2017 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o‘yinlari ham o‘z nihoyasiga yetdi.

«Yuventus» «Barselona»ni yirik hisobda yenggan bo‘lsa, «Monako» va «Real» Germaniyadan g‘alaba bilan qaytdi. «Atletiko» esa «Lester»ni minimal hisobda mag‘lub etdi. Goal.com nashri ushbu o‘yinlarda o‘zini oqlay olmagan futbolchilar ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Tabiiyki bu mag‘lub jamoalarning futbolchilaridan tuzilgan.

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen bir necha seyvlarni amalga oshirganiga qaramay 3 ta gol o‘tkazib yubordi va ulardan birida uning aybi ham bor edi. Shu sababli germaniyalik darvozabon ramziy terma jamoadan o‘rin egalladi. Uning argentinalik jamoadoshi Xavyer Maskerano esa birinchi bo‘limda Busketsning o‘rnida yaxshi o‘ynay olmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda himoyada ham yetarlicha ishonchli harakat qilolmadi.

Maskeranoga himoyada ikki nemis jamoasi himoyachilari sheriklik qiladi. «Borussiya»ning gresiyalik himoyachisi Sokratis Papastopulos maydon markazida o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, jamoasining uchinchi golni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ldi. «Bavariya»ning ispaniyalik futbolchisi Xavi Martines esa o‘zini boshqara olmay qizil kartochka oldi va jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

Yarimhimoyada «Lester»ning ikki a’zosi Mark Olbrayton va Kristian Fuks «Atletiko»ga qarshi bahsda o‘zlaridan kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmagani bilan joy oldi. «Borussiya» a’zosi Sven Bender avtogol bilan jamoasini og‘ir ahvolga solib qo‘ygan bo‘lsa, «Barselona» sardori Andres Inyesta Buffon bilan birga-bir vaziyatni ko‘kka sovurishdan tashqari jamoasining hujumlarini tashkillashtirishda ham faol bo‘lmadi.

Oldingi chiziqda «Barselona»ning «fantastik» hujum uchliginining ikki a’zosi o‘rin olgan: Neymar va Luis Suares. Darhaqiqat, aynan braziliyalik va urugvaylik futbolchilar o‘yin davomida deyarli ko‘rinmadi va «Yuventus» himoyasiga yetarli xavf tug‘dira olmadi. Ularga «Lester» hujumchisi Jeymi Vardi sheriklik qiladi, zero u ham Madriddagi o‘yinda «yo‘qolib» qoldi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:14, 13.04.2017.
O'qildi: 11291 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.