Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Joze Mourinyo: «O‘yin taqdirini hal qilishi shart bo‘lgan futbolchilar buni amalga oshira olishmadi»

Joze Mourinyo: «O‘yin taqdirini hal qilishi shart bo‘lgan futbolchilar buni amalga oshira olishmadi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa ligasi chorak finalida bo‘lib o‘tgan «Anderlext»ga qarshi o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz raqiblarga bosim o‘tkazishimiz kerak. Biz to‘pni nazorat qildik, ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo gol ura olmayapmiz. Ko‘p bo‘sh hududlarga ega bo‘ldik, ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo to‘p bilan yaxshi ishlay olmaganimiz va raqib jarima maydonchasida noto‘g‘ri qarorlar chiqarganimiz bois, imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Jiddiyroq o‘ynash kerak. O‘yin taqdirini hal qilishi shart bo‘lgan futbolchilar buni amalga oshira olishmadi. Reshford, Lingard, Ibrahimovich, Marsyal. Ularning barchasi bir xil o‘ynashdi.

Himoyachilar esa, aksincha, o‘yinga bor e’tiborlarini qaratishgandi. Ular jiddiy ishni amalga oshirishdi, lekin hujumchilar natijani qayd eta olishmadi. Mudofaamiz yaxshi tashkil qilingandi, ammo bizni xato uchun jazolashdi», – dedi Mourinyo.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:06, 14.04.2017.
O'qildi: 6627 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик