«Barselona» «Inter» himoyachisi Federiko Dimarko bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda.
Kataloniyaliklar futbolchini himoya qanotini kuchaytirish uchun yaxshi variant sifatida ko‘rishmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» Dimarkoning hujumdagi qobiliyatlarini yuqori baholamoqda.
«Inter» «Barselona»ning qiziqishi haqida biladi. Milanliklar futbolchini sotishni istamayapti. «Neradzurrilar» himoyachiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali Federiko Dimarkoning transfer qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.













