Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Oliy liga. "Metallurg" - "Navbahor" (prevyu)

Oliy liga. "Metallurg" - "Navbahor" (prevyu)

Baho:
+ | -

"Navbahor" ertaga oliy liga 6-tur o‘yinlari doirasida Bekobodning “Metallurg” klubi mehmoni bo‘ladi.

Jamoalar O‘zbekiston chempionatlari tarixida o‘zaro 38 bor kuch sinashishgan. 18 uchrashuvda namanganliklar g‘alabani tantana qilishgan. “Metallurg”ning g‘alabalari soni esa 11tani tashkil etmoqda. To‘qqiz uchrashuv durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 60-44, “Navbahor” foydasiga.

Ushbu jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiliklaridagi eng yirik hisob 2003 yili qayd etilgan. O‘shanda namanganliklar «Metallurg»dan 7:0 hisobida ustun kelgandi. Yana uchta uchrashuvda “Navbahor” 3:0 natija bilan zafar quchgan.

Bekobodliklarning namanganliklar ustidan o‘z tarixida qozongan eng yirik g‘alabasi o‘tgan mavsumga to‘g‘ri keladi. Oliy liganing o‘tgan mavsumida (28- tur) "lochinlar" ushbu raqibga safarda 1:5 hisobida yutqazishgan.

E’tiborlisi, "lochinlar" Bekobodda kechgan 17 o‘yinning faqatgina uchtasida 3 ochkoni qo‘lga kiritishgan. Ilk bor "navbahorchilar" 2007 yilda "Metallurg"ni o‘z uyida mag‘lub etishgan. 2010 yilda Yuriy Selixning "dubli" "Navbahor"ga "Metallurg" maydonidagi ikkinchi g‘alabani taqdim etgan. Besh yillik tanaffusdan so‘ng, ya’ni 2015 yilgi qarama-qarshilikda "navbahorchilar" Bekoboddan muvaffaqiyat bilan qaytishgan. O‘shanda Qahramon Mahammadjonov, Dilshod Jabborov va Shahboz Erkinovlarning gollari yutuqni ta’minlagan. O‘zaro to‘qnashuvlarda hujumchi Shuhrat Mirxoldirshoyev to‘purarlik qilmoqda. Futbolchi bekobodlik darvozabonlarni jami 12 marotaba ranjitgan.

Quyida jamoalarning Bekoboddagi o‘zaro o‘yinlari natijalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz:

1998 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 2:0 (0:0).
Gollar: Zuxriddin Akbarov (65,89-pen.).

1999 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 1:1 (0:0).
Gollar: G‘. Odilov (82) – SH. Rahmonqulov (87).

2000 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 3:0 (2:0).
Gollar: U. Mirxoldirshoyev (10,85), U. Ro‘zimov (45).

2001 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 3:2 (2:0).
Gollar: SH. Asatov (29), G‘. Odilov (37), A. Ribakov (72) – SH. Mirxoldirshoyev (82-pen.,88).

2002 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 2:1 (1:0).
Gollar: A. Mochinov (27), V. Ponomaryov (70) – X. Karimov (48–pen.).

2003 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 1:1 (0:0).
Gollar: A.Mochinov (76) – I.Mo‘minjonov (85).

2004 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 4:3 (1:1).
Gollar: SH. Saidov (32), H. Hoshimov (66–pen.), YE. Yejov (69), A. Abdullayev (86) –SH. Mirxoldirshoyev (23,63,90–pen.).

2005 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 1:0 (0:0).
Gol: M. Po‘latov (81-avtogol).

2006 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 1:1 (0:1).
Gollar: M. Qurbonov (77) – YO. Nazarov (42).

2007 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 1:2
Gollar: Z.Abdullayev (45+2) - K.Boyev (19), V.Baranov (38).

2008 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 2:2 (1:1).
Gollar: Z. Abdullayev (24,89) – D. Jabborov (12), J. Ibragimov (56).

2009 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 2:0 (1:0).
Gollar: Z. Abdullayev (30), U. Tojimov (62)

2010 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 0:2 (0:0).
Gollar: YU. Selix (77,90+3).

2011 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 0:0.

2012 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 0:0.

2013 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 2:1 (0:0).
Gollar: S. Rasulov (48, 53), - R. Ahmedov (90+2 pen)

2014 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 2:0 (1:0).
Gollar: A. Kovalyov (25), A. Ziyovutdinov (49)

2015 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 2:3 (0:1).
Gollar: SH. Nurmatov (75, 90+2) - Q. Maxamadjonov (14), D. Jabborov (54), SH. Erkinov (83).

2016 yil
"Metallurg" - "Navbahor" - 5:1 (4:1).
Gollar: M. Tomatov (22), Z. Abdullayev (32, 43), D. Karimov (45), J. Esonqulov (73) - A. Abdullayev (10)

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 12:29, 14.04.2017.
O'qildi: 4412 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.