Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Olise «Real»ga o‘tish bo‘yicha qarorga keldi

Olise «Real»ga o‘tish bo‘yicha qarorga keldi

Baho:
+-5 | -

Maykl Olise «Real»ga o‘tishga qaror qildi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Fransiyalik vinger «Bavariya» rahbariyati bilan uchrashishga va rasman transfer so‘rashga tayyor. «Real» vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Madridliklar nemis klubi bilan munosabatlarni buzishni xohlashmayapti va faqat Olise ketmoqchi ekanini ma’lum qilganidan keyingina transfer ustidagi ishlarni boshlashadi.

O‘tgan mavsumda Maykl Olise «Bavariya» safida 52 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda vinger 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 170 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:54, 24.07.2026.
O'qildi: 9968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик