«Vest Xem Yunayted»ning niderlandiyalik vingeri Krisensio Sammervill faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Transferga oid moliyaviy tafsilotlar va futbolchining daromadi ma’lum qilindi.
Transferning asosiy tafsilotlari:
-
Futbolchining maoshi: Sammervillning yillik maoshi bonuslar bilan birga 17 million yevrogacha yetishi mumkin. Shartnoma to‘liq bajarilgan taqdirda, u 4 yil ichida jami 68 million yevro sof daromad oladi.
-
London klubining daromadi: «Vest Xem Yunayted» ushbu transferdan barcha kafolatlangan va bonus to‘lovlarini qo‘shib hisoblaganda jami 65 million funt-sterling ishlab oladi.
Qiziqarli taqqoslash: Krisensio Sammervillning Saudiyada oladigan umumiy maoshi (68 mln yevro) evaziga O‘zbekiston Superligasining kamida 10 ta klubining bir yillik o‘rtacha xarajatlarini to‘liq qoplash mumkin.













