Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Yilning eng chiroyli gollari haqida yoki yana Pushkash izidan

Yilning eng chiroyli gollari haqida yoki yana Pushkash izidan

Baho:
+ | -

Vengriya futboli dahosi Ferens Pushkash agar hayot bo‘lganida, 2 aprel kuni 90 yillik yubileyini nishonlardi. Bilasiz, FIFA millionlar o‘yini tarixida yorqin iz qoldirganlarni yetarlicha qadrlaydi. Xususan, betakror goleador nomini abadiylashtirish maqsadida maxsus sovrin ta’sis etilgan.

Tushundingiz, gap FIFA tomonidan yilning eng chiroyli goli muallifiga topshiriladigan maxsus sovrin haqida bormoqda.

Unga aynan Pushkash nomi berilganida ramziy ma’no bor, albatta. Chunonchi, buyuk vengr faoliyati davomida juda ko‘p gol urgan va ular orasida aqlni shoshirib qo‘yadigan darajadagi go‘zallari ham yetarli. Demak, bugun «SE» nashri ma’lumotlari asosida Pushkash nomidagi FIFA sovrinining barcha laureatlarini yagona fotomaqolaga «joylashtiramiz». Ishoning, ulardan ajoyib jamoa shakllandi...

2009 yil - Krishtianu RONALDU

Jamoasi: «Manchester Yunayted»

O‘yin: 2009 yil 15 aprel. Chempionlar Ligasi. Chorak final (javob uchrashuvi). «Portu» - «MYU» - 0:1

Gol urilgan vaqt: 6-daqiqa

Pushkash nomidagi ilk sovringa nomzod sifatida jahon yulduzlari tomonidan urilgan gollar ko‘rsatildi. Ya’ni tanlovning final raundiga Krishtianu Ronaldu, Andres Inyesta va bundesligada ajoyib mavsumni o‘tkazgan Grafite chiqishdi. Ovoz berish jarayoni yakunida o‘sha vaqt «MYU» sharafini himoya qilgan portugaliyalikning goli 1-o‘ringa qo‘yildi. Lissabonning «Sporting» klubi tarbiyalanuvchisi uni CHL chorak finalida urgandi. Muhimi, Ronalduning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi natijasida «Portu» kurashdan chiqib ketgandi. Superchiroyli va superahamiyatli gol...

2010 yil - Xamit OLTINTOP

Jamoasi: Turkiya termasi

O‘yin: 2010 yil 3 sentyabr. Yevropa chempionati saralashi. Qozog‘iston - Turkiya - 0:3

Gol urilgan vaqt: 26-daqiqa

Oradan bir yil o‘tib, eng chiroyli gollar ro‘yxatiga keng jamoatchilik uchun mutlaqo notanish futbolchi - shved Linus Xallenius («Xammarbyu»)ning ajoyib zarbasi mahsuli ham kiritildi. Biroq na uning goli va na gollandiyalik Jovanni van Bronkxorst tomonidan JCH-2010da Urugvay termasi darvozasiga «mixlangan» to‘p Yevro-2012 saralash bosqichida turk Xamit Oltintop ijro etgan superzarbaga tenglasha oldi. Umuman, tanlovda qatnashgan 40 foizdan ko‘p ishtirokchi aynan Turkiya termasi vakilining jarima maydoni tashqarisidan urgan sehrli goliga ovoz berdi. Bir yil oldingi so‘rovda 3ta eng chiroyli gol uchun berilgan ochkolar o‘rtasidagi farq bu qadar katta bo‘lgan emasdi.

2011 yil - NEYMAR

Jamoasi: «Santos»

O‘yin: 2011 yil 28 iyul. Braziliya chempionati. «Santos» - «Flamengo» - 4:5

Gol urilgan vaqt: 26-daqiqa

2011 yili top-ro‘yxat yana faqat yorqin ijrochilar tomonidan urilgan gollardan tuzildi - yosh Neymar sovrin yo‘lida Lionel Messi va Ueyn Runi bilan raqobatlashdi. So‘rovda braziliyalikning «Flamengo» darvozasiga yo‘llagan goliga «MYU» hujumchisi tomonidan «Manchester derbisi»da ijro etilgan zarbaga nisbatan 10 foiz ko‘p ovoz berildi. Neymar o‘shanda darvozani o‘qqa tutish yo‘lida raqibning naq 4 nafar himoyachisini «yumalatgandi».

2012 yil - Miroslav STOX

Jamoasi: «Fenerbaxche»

O‘yin: 2012 yil 3 mart. Turkiya chempionati. «Fenerbaxche» - «Genchlerbirligi» - 6:1

Gol urilgan vaqt: 38-daqiqa

Neymar bu safar ham o‘z goli bilan top-3ga kirdi, ammo yakuniy so‘rovda atigi 7 foiz ovoz bilan cheklandi. Chunonchi, 78 foiz ovoz beruvchi Miroslav Stox («Fenerbaxche»)ning «Genchlerbirligi» darvozasiga urgan golini yoqladi. Aytgancha, bu Pushkash nomidagi sovrin tarixidagi mutlaq rekord ko‘rsatkichdir. Slovakiyalik futbolchi burchak zarbasi amalga oshirilgach,  jarima maydoni tashqarisida turib, to‘pni to‘xtatmay, darvoza tomon tepgandi. Natijada qoyilmaqom trayektoriya hosil qilgan «bechora» to‘p to‘r «asiri»ga aylandi-qo‘ydi...

2013 yil - Zlatan IBRAGIMOVICH

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

 

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:44, 15.04.2017.
O'qildi: 5775 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.