Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Isroil mudofaa vaziri Lamin Yamalni Falastin bayrog‘ini ko‘targani uchun tanqid qildi

Isroil mudofaa vaziri Lamin Yamalni Falastin bayrog‘ini ko‘targani uchun tanqid qildi

Baho:
+ | -2

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas “Barselona” futbolchisi Lamin Yamalni Ispaniya chempionligi paradi vaqtida Falastin bayrog‘ini namoyish etgani uchun tanqid qilib, bu harakatni “nafrat uyg‘otish” deb atadi.

13 may, dushanba kuni Barselona ko‘chalarida klubning La Ligadagi g‘alabasiga bag‘ishlangan tantanali parad bo‘lib o‘tdi. Mahalliy ma’murlarning ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda 750 mingga yaqin kishi ishtirok etgan. Tantanalar vaqtida 18 yoshli Lamin Yamal ochiq avtobus ustida Falastin bayrog‘ini hilpiratgan. E’tiqodi musulmon bo‘lgan futbolchi keyinchalik ushbu voqea aks etgan suratlarni o‘zining Instagram sahifasiga ham joylashtirgan.

Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas o‘zining X (Twitter) sahifasida futbolchining harakatiga nisbatan keskin fikr bildirdi.

“Lamin Yamal askarlarimiz 7 oktyabr kuni yahudiy bolalari, ayollari va qariyalarini vahshiylarcha qirg‘in qilgan, zo‘rlagan va yoqib yuborgan "Hamas" terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashayotgan bir vaqtda, Isroilga nisbatan nafrat uyg‘otishni tanladi”, deb yozadi Kas.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya hukumati va mamlakat aholisining katta qismi Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlarini keskin tanqid qilib kelmoqda. Xabarlarga ko‘ra, 2023-yilgi hujumlarga javoban boshlangan urush natijasida G‘azoda 72 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

G‘azodagi gumanitar holat tufayli Isroilga nisbatan jahon miqyosidagi noroziliklar sport va madaniyat sohalariga ham ko‘chgan. Xususan, o‘tgan yili Ispaniyadagi “Vuelta” velopoygasi Isroil jamoasi ishtiroki sababli namoyishchilar tomonidan bir necha bor to‘xtatib qo‘yilgan edi. Shuningdek, Ispaniya Isroil ishtirokiga norozilik sifatida “Evrovideniye” qo‘shiq tanlovini boykot qilgan beshta davlatdan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal iyun va iyul oylarida Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida maydonga tushishi kutilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:48, 15.05.2026.
O'qildi: 2904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик