Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Faqat yutuqlar terma jamoadan joy olish uchun yetarli emas». Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Ronaldu haqida JCH-2026 oldidan fikr bildirdi

«Faqat yutuqlar terma jamoadan joy olish uchun yetarli emas». Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Ronaldu haqida JCH-2026 oldidan fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning jismoniy holati va o‘yin darajasi haqida fikr bildirdi.

Roberto Martines Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi «An-Nasr» — «Al-Hilol» uchrashuvini kuzatdi. 1:1 hisobida yakunlangan bahsda Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Ruben Nevesh, Joau Feliks va Krishtianu Ronaldu kabi milliy jamoa futbolchilarining harakatlarini diqqat bilan kuzatgan.

Martinesning so‘zlariga ko‘ra, Ronalduning Saudiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi uning darajasiga ta’sir qilmagan.

— Krishtianu hali ham g‘alaba qozonish uchun ulkan ishtiyoqqa ega va men uning Saudiya Arabistoniga ko‘chganidan keyin darajasi pasayganini ko‘rmayapman. U juda yuqori saviyada o‘ynamoqda va Portugaliya terma jamoasi uchun naqadar muhim ekanini isbotladi. Barcha yutuq va muvaffaqiyatlariga qaramay, undagi ishtiyoq hali ham saqlanib qolgan, — dedi Roberto Martines Goal nashriga.

Shu bilan birga, murabbiy avvalgi xizmatlar avtomatik ravishda asosiy tarkibdan joy kafolatlamasligini ta’kidladi.

— Faqat yutuqlarning o‘zi terma jamoadan joy olish uchun yetarli emas. Jamoaga muvaffaqiyat qozonishda yordam berish kerak. U sardor va fantastik natijalarga erishgan bo‘lishiga qaramay, unda ham milliy jamoaning boshqa har qanday futbolchisi kabi majburiyatlar bor, — dedi mutaxassis.

Kutilishicha, Roberto Martines Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy tarkibini 19 may kuni e’lon qiladi. Agar Krishtianu Ronaldu ro‘yxatga kiritilsa, bu uning faoliyatidagi oltinchi jahon chempionati bo‘ladi.

Portugaliya JCH-2026dagi ishtirokini 17 iyun kuni Kongo DR terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Shuningdek, guruh bosqichida jamoa O‘zbekiston va Kolumbiyaga qarshi ham maydonga tushadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:16, 14.05.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик