Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Borussiya» Dortmund tanlagan yo‘l: Noxush inqirozdan nurli istiqbol sari

«Borussiya» Dortmund tanlagan yo‘l: Noxush inqirozdan nurli istiqbol sari

Baho:
+ | -

Iqtidorli futbolchilar yetishtirib berayotgan jamoalar haqida turkum maqolalar tayyorlaydigan Championat.com sayti bu gal e’tiborini Dortmundning «Borussiya»siga qaratdi. Ushbu klubning yulduzlar fabrikasiga aylangani hech kimga sir emas. Ayniqsa, ularning tarbiyalanuvchilari ko‘pincha «Bavariya» safidan o‘rin olishlari ham ko‘pchilikka ma’lum. Ammo dortmundliklar aynan shu masalaga yechim topish harakatidalar. Xullas, «Borussiya» D.ning bugungi kunda ishlari chakkimas, biroq bunday natijalarga erishish oson bo‘lmaganini ta’kidlash darkor. Zero bir necha yillar muqaddam jamoa juda ayanchli ahvolga tushib qolgandi.

Mablag‘ yo‘lida inqilob

2005 yilning marti «Borussiya» ishqibozlari yodiga noxush voqealar bilan muhrlangan. Bert van Marveyk klubdagi avlodlar almashuvi jarayonini samarali amalga oshira bilmadi. Yan Kollerning gollari yetarli bo‘lmayotgan, YECHL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoa mavsum yakunida umuman yevrokuboklarsiz qolgandi.

Ammo eng noxush holat maydon tashqarisida kuzatildi. Klub qarzlari miqdori 100 mln. yevrodan oshib ketdi. Ehtimol, bu summa hozir g‘alati tuyular, ammo 12 yil muqaddam futboldagi narxlar butkul boshqacha bo‘lganini unutmaslik darkor. Navbatdagi mavsum uchun to‘lovlarni qoplash imkoni tobora kamaydi. Bankrotlik haqida gap-so‘zlar boshlandi. Jiddiy o‘zgarishlar payti kelgandi va klub o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ydi.

Matias Zammerga chempionlik tarkibini tuzib bergan (kredit evaziga) shaxslar - Mixael Mayer hamda Gerd Nibaum klubni tark etishdi. Yangi bosh direktor sifatida moliyachi va «Borussiya» ishqibozi Xans-Yoakim Vatske tanishtirildi, prezidentlikka Raynxard Rauball tayinlandi.

Asosiy e’tibor iqtisod qilishga qaratildi: ayrim o‘yinchilar tekinga qo‘yib yuborildi, ba’zilarning maoshi qisqartirildi. Avvalroq stadion sotib yuborildi... O‘sha pallada klub bankrotlikdan qutqarib qolindi, ammo uning kelajagi hamon xavf ostida edi: hamma pul qarzlardan qutulishga sarflandi. Yangi rahbariyat moliyaviy barqarorlikni ta’minlash asosiy vazifa ekanini bildirdi va shu tariqa natijalar vaqtincha ikkinchi darajaga tushib qoldi.

Van Marveyk, Yurgen Ryobber, Tomas Doll. Zammer ketganidan so‘ng o‘tgan to‘rt yil ichida klub bundesligada 7-pog‘onadan yuqoriga ko‘tarilmadi. Transfer siyosati hamon muayyan prinsipga asoslangandi - «boshqalarga kerak bo‘lmaganlarni sotib olish». O‘sha pallada Morgan Stanley banki yordamida asta-sekin qarzlar ham yopildi. Bir yil o‘tib «Borussiya» mutasaddilari stadion sotib olishdi. Nihoyat, futbol haqida o‘ylaydigan palla yetib kelayotgandi.

Kelajakka Klopp bilan

Vatske sport direktori Mixael Sork va moliyaviy masalalarga mas’ul Tomas Tresh bilan maslahatlashgach, tavakkalga asoslangan qimmatbaho transferlar siyosatiga qaytmaslikka qaror qildi. Boz ustiga, banklardagi inqiroz endigina murakkab vaziyatdan chiqqan loyiha aksiyalariga salbiy ta’sir o‘tkazgandi.

Xullas, ixtiyoridagi imkoniyatlar bilan yuqori cho‘qqilarni zabt etib, shu maromni ushlab turishga qodir murabbiyga ehtiyoj tug‘ildi. Tanlov Yurgen Klopp nomzodida to‘xtadi: ushbu mutaxassis «Mayns»ni klub tarixida ilk bor bundesligaga olib chiqib, keyingi ikki yil mobaynida elitadagi o‘rnini saqlab qoldi. Hattoki, bir marta yevrokuboklarda qatnashishga ham erishdi.

Kloppga aralash tarkib nasib etdi. Himoyada faxriy Dede, hujumda Aleksandr Fray va klub afsonaligiga da’vogar rolida Sebastyan Kel. Jamoa u qadar qimmat bo‘lmagan o‘yinchilar hisobiga kuchaytirildi: Patrik Ovomoyela, Muhammad Zidan hamda Felipe Santana - bu uchovlonga 7 mln. yevroga yetmagan mablag‘ sarflandi. Yana 4 mln. yevro «Mayns» himoyachisi, Kloppning o‘yin tizimiga mos tushuvchi futbolchi Neven Subotichning transferiga ajratildi.

Roman Vaydenfeller va Yakub Blashikovski asosiy tarkibga qaytarildi, o‘rinbosarlar safidan Marsel Shmelser chiqib keldi. Avvalroq Nuri Shahin xuddi shunday sharafga munosib ko‘rilgandi. Ammo bu ham Klopp jamoasining so‘nggi so‘z emasdi, chunki yoshi o‘tgan legionerlar soni hamon ko‘p edi. Shunga qaramay, yo‘nalish aniqlab olingandi.

Iste’dodlarni quyidan qidirish

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

 

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 13:35, 16.04.2017.
O'qildi: 4483 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.