Oliy liganing 6-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan”-“Paxtakor” uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida jurnalistlar bilan o‘yin borasidagi fikrlari bilan bo‘lishgan mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi – Ravshan Akmalovich shunday deydi:
- O‘yin hisobi uchrashuv qanday o‘tganini o‘zi aytib turibdi. Bugungi uchrashuvda “Sho‘rtan” jamoasi bizga nisbatan kuchli o‘yin namoyish etishdi va haqli ravishda ushbu g‘alabani ko‘lga kiritishdi.
- Afsuski, bizda hozirgi kunda muammolar ko‘p, ichki muhitda ham, jamoaning ruhiyati bilan bog‘liq muammolar ham, tarkibdagi muammolar ham mavjuddir. Shunday bo‘lsada, ularni asosiy sabab qilib ko‘rsatolmayman. Menimcha, eng katta muammomiz, bu futbolchilarimiz orasida hukm surayotgan befarqlik.
- Tayyorgarlik jarayoni yomon o‘tmadi. O‘yinni ham yaxshi boshladik. Afsuski, birinchi bo‘limda yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantira olmadik. Bu yerda Tojiboyevning mahoratini alohida aytib o‘tish lozim.
- Raqibimiz qarshi hujumda yaxshi o‘ynashini bilardik va bunga tayyorgarlik ham ko‘rgandik. Afsuski, shogirdlarim qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi, ayniqsa himoyada va yarim himoyada. Tezkor qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik va ularning hammasi golga aylandi.
- Igor Sergeevning qaydnomaga kiritilmaganing sababi, u hozirda jarohatini davolash bilan band.
- Milliy terma jamoamizga yosh va iqtidorli utbolchilarni jalb qilish ustida ishlamoqdamiz. Ularni shu chempionatimiz o‘yinlarida va yig‘inlarda kuzatib, o‘rganib chiqmoqdamiz. Terma jamoamiz eshigi barcha uchun ochiq.
- Bu uchrashuvni tahlil qilib, uni unutishga harakat qilamiz va keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.