Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Birinchi liga. "Andijon" - "Xotira-79" (prevyu)

Birinchi liga. "Andijon" - "Xotira-79" (prevyu)

Baho:
+ | -

Birinchi liga 4-turida "Andijon" - "Xotira-79" o‘yini o‘tkaziladi.

Uychi tumanining "Xotira-79" jamoasi haqida ba’zi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Ma’lumotlarga qaraganda, jamoaga 1996 yili asos solingan. Ilgari “Uychi” jamoasi nomi bilan ishtirok etgan. Keyinchalik jamoaning nomi “Xotira-79”ga o‘zgartirilgan. Ayni damda “Xotira-79” bosh murabbiyi Mehmon Solixo‘jayev sanaladi. Jamoaning turnir jadvalida egallab turgan o‘rni 8-o‘rin.

Tarkibiga nazar tashlaydigan bo‘lsangiz, o‘z vaqtida “Neftchi”, “Buxoro” singari Oliy liga jamoalari darvozasini qo‘riqlagan Farrux Turdaliyev va “Navbahor”dagi yorqin o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan yarim himoyachi G‘ayrat Jo‘rayevni ko‘rish mumkin. Shuningdek ko‘p yillar davomida birinchi ligada faoliyat yuritib kelayotgan bir qator iqtidorli o‘yinchilarni uchratish mumkin.

"Andijon" bu jamoa bilan oxirgi marta 2013 yilgi Birinchi liga musobaqasida to‘qnash kelgan. Dastlabki o‘yin safarda kechgan.

«SHARQ» MINTAQASI
11-tur. 23 may (payshanba)
«Xotira-79» (Uychi) – «Andijon» (Andijon) – 0:3. 1550 tomoshabin.
Hakamlar: Murod Muhammedov (Toshkent viloyati), Aziz G‘aniyev (Toshkent), Ilya Klikunov (Toshkent), A’zam Rajabboyev.
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).
Gollar: G‘iyos Komilov (18, avtogol), Bahrom Abdurahimov (67), Lochin Soliyev (87-pen).
Noaniq penalti: Dilshod Nazirov («Xotira-79», 84)
Ogohlantirishlar: Mirjalol Abdullayev (56) – Davron Tursunov (29), Asror Rahmonov (45), Ikrom Ibragimov (49), Bekzod G‘oziyev (52), Lochin Soliyev (80).
Chetlatishlar: Iskandar Narzullayev (86) – Asror Rahmonov (ikkinchi ogohlantirish, 82).

Uychiliklarga qarshi ikkinchi o‘yin esa ikkinchi davraning dastlabki turiga to‘g‘ri kelgan.
«SHARQ» MINTAQASI
12-y tur. 28 may (seshanba)
«Andijon» (Andijon) – «Xotira-79» (Uychi) – 3:1. 2321 tomoshabin.
Hakamlar: Dmitriy Pislegin (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent), Farrux Yormuhammedov (Toshkent), Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).
Gollar: Rasul Rahmonov (23), Lochin Soliyev (36), Dmitriy Krayev (44) – Farhod Shokirov (59).
Ogohlantirishlar: Lochin Soliyev (31), Shahboz Jumaboyev (80), Akmal Jo‘raboyev (90+1) – Davron Isoqov (37), Akram Boboyev (40), Elmurod Nizamboyev (60).

 

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 10:44, 17.04.2017.
O'qildi: 4003 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.