Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

«Borussiya» avtobusiga hujum uyushtirgan shaxsning kimligi va maqsadi aniqlandi

«Borussiya» avtobusiga hujum uyushtirgan shaxsning kimligi va maqsadi aniqlandi

Baho:
+ | -

11 aprel kuni Germaniyaning Dortmund shahrida “Borussiya” va “Monako” futbol klublari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi lozim edi.

Ammo shu kuni “Borussiya” klubi futbolchilari bo‘lgan avtobus yaqinida portlash sodir etildi. Oqibatda klub himoyachisi Mark Bartra yaralanib, jarrohlik operasiyasini boshdan kechirdi.

Xodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan polisiya voqea joyi yaqinidan xat topilganini ma’lum qilgandi, lekin maktub mazmuni yoritilmagandi.

Rossiya matbuotida tarqalgan so‘nggi xabarlarga qaraganda, polisiyachilar portlashni sodir etganlikda gumonlangan 28 yoshli Rossiya fuqarosini qo‘lga olishgan. Rossiya Bosh prokuraturasi ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

Tergovchilar dastlab yuz bergan voqeani terakt, deb baholashgan edi. Ammo keyinchalik bu foyda olish maqsadida qilingan jinoyat ekanligi aniqlandi.

Qo‘lga olingan shaxs Rossiya hamda Germaniya fuqarosi bo‘lib, hujumdan bir kun avval 78 ming yevroga internet orqali klubning 15 ming aksiyasini sotib olgan. Agar aksiyalar bahosi tushib ketsa, u 4 million yevro foyda olishi mumkin edi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 11:26, 21.04.2017.
O'qildi: 10777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.