Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Joze Manuel: «4 ta gol kiritganimizga qaramay, g‘alaba qozonmaganimizdan xafaman»

Joze Manuel: «4 ta gol kiritganimizga qaramay, g‘alaba qozonmaganimizdan xafaman»

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 5-turida O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “At-Ta’vun” jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Gollarga boy kechgan o‘yinda 4:4 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida arab jamoasi ustozi Joze Manuel Gomesh quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

“Uchrashuv fantastik ruhda va shiddat ostida kechdi. Har ikki jamoa vakillari ham ajoyib o‘yin namoyish etdi. Murabbiy sifatida shogirdlarim o‘yinidan ko‘nglim to‘ldi, desam bo‘ladi. Zero biz juda kuchli jamoaga qarshi bahs olib bordik. 4 ta gol kitirganimizga qaramay, g‘alaba qozonamaganimizdan xafaman.

“Lokomotiv” maydonida raqib jamoalar gol kiritishga qiynalishadi. Buni oldingi uchrashuvlarda ham ko‘rdik. “Al Ahli” ham, “Istiqlol” ham bu borada qiyinchilikka duch kelishgandi. Biz esa naqd 4 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldik.

Men “At-Ta’vun”da ishlashni boshlaganimdan buyon bitta uchrashuvda bir necha bor 4 tadan gol kirita oldik. Aytmoqchimanki, men ochiq va tajovuzkor futbolni juda xush ko‘raman va jamoamga shuni singdirishga urinaman. Yigitlar mening ko‘rsatmalarimni bajara olishayotganidan xursandman”, – dedi “At-Ta’vun” ustozi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:09, 25.04.2017.
O'qildi: 5721 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик