Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Andrey Miklyayev: «Himoya chizig‘imiz bugun juda bo‘sh o‘yin namoyish etdi»

Andrey Miklyayev: «Himoya chizig‘imiz bugun juda bo‘sh o‘yin namoyish etdi»

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqich 5-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “At-Ta’vun” jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Gollarga boy kechgan o‘yinda jangovar durang – 4:4 hisobi qayd etildi. Uchrashuv yakunlangach o‘tkazilgan matbuot anjumanida Andrey Miklyayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qayd etilgan natijadan umuman mamnun emasmiz. Yigitlar imkon qadar o‘ynashga urinishdi. Biroq himoya biroz pand berdi va kutilmagan gollarni o‘tkazib yubordik. Hisobda oldinda bora turib, gol o‘tkazib yuborish juda alamli. Bugun qilingan shuncha mehnat “osmonga uchdi”.  Bizga bugun faqat va faqat g‘alaba zarur edi.

Shu sababli ham endi mazkur o‘yin videolavhasini ko‘rib chiqamiz va qo‘pol xatolar evaziga o‘tkazib yuborilgan gollarni muhokama qilamiz. Himoya chizig‘imiz bugun juda bo‘sh o‘yin namoyish etdi.  To‘g‘ri, futbol – jamoaviy o‘yin. Bugun xato hammada bo‘ldi, natijada butun jamoa muhim 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

Shuningdek, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi – Marat Bikmayev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“To‘rtta ta gol ursang, ammo g‘alaba qozona olmasang juda-juda alam qilarkan. Boshida yomon o‘ynamadik, nazarimda. Ammo raqib ham gollarimizga gol bilan javob berishni uddaladi. Oxirgi paytlarda birinchi bo‘lib gol urgan o‘yinlarimizda keyinchalik shiddat biroz pasaymoqda va natijada gol o‘tkazib yuboryapmiz. Hayronman, bu nima bilan bog‘liq ekan”, – dedi hujumchi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:15, 25.04.2017.
O'qildi: 5904 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик