Goal nashri Jardim “Monako”sining asosiy tarkib o‘yinchilari hisoblanmasa-da, jamoa uchun qadri baland bo‘lgan uch mushketyor Andrea Raji, Nabil Dirar va Valer Jermenni eslab o‘tdi.
Daniel Subashich bilan birgalikta Jermen, Raji va Dirar knyazlik jamoasi bilan og‘ir damlarni ham boshidan kechirganlar sirasidan. 2013-yilda Fransiya 1 Ligasiga ko‘tarilganidan beri jamoaga ancha mehnati singgan bu uch mushketyor hozirgi kunda Jardimning rotatsiyasi tufayligina “katta bayram”larda maydonga tushirilmoqda. Portugaliyalik murabbiy chorshanba kuni Fransiya kubogidan o‘rin olgan “PSJ”ga qarshi bahsda Jardim bu uch mushketyorga asosiy tarkibdan o‘rin berishi lozim.
Valer Jermen: Joker
Jermen 1 Liganing eng yaxshi hujumchisi emas, biroq, jamoaning Falkao va Mbappedan keying uchinchi to‘purari sanaladi. O‘tgan mavsumni “Nittsa”da ijarada o‘tkazgan Jermen bu mavsumda Jardim tomonidan asosan zahiradan tushirilmoqda. Hozircha 16 gol va 4 golli uzatmaga ega Jermen haqida jamoa bosh murabbiyi mavsum boshida u haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Valer biz uchun juda muhim o‘yinchi. Birinchi kelgan mavsumimda, u 20 uchrashuv o‘tkazgan edi, bu yilgi ijara vaqtida esa u ancha tajriba to‘pladi.”
Mavsum debyutinini asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida boshlagan Jermen 1 Ligada (2014 daqiqa) Falkao (1596) va Mbappe (1143)lardan ko‘p vaqt o‘tkazgan. Chempionlar Ligasida ham 4 golga mualliflik qilgan. So‘nggi golini chorak final javob uchrashuvida “Borussiya” darvozasiga kiritgan edi.
Andrea Raji: boshqaruvchi
« Monako » safiga 2012-yilda kelib qo‘shilgan italiyalik himoyachi shundan beri jamoada ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushib kelmoqda. U kelgan paytda jamoada hali Raneri murabbiylik qilayotgan davrlar edi.
Jangovarligi, serqirrali himoyachiligi bilan ajralib turuvchi Raji bu mavsumda ham yirik bellashuvlarda o‘zini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, “Manchester Siti”ga va “Borussiya Dortmund”ga qarshi kechgan bahslarda uning xizmatlari jamoaga asqotdi. Rajining o‘zi jamoadagi o‘rni haqida quyidagilarni so‘zlab berdi: “Murabbiy mening xizmatlarimga ehtiyoj sezsa, men har doim tayyorman. Men jamoaga yordam berish uchun bu yerdaman. Men endi 32 yoshdaman, 48 da emas. Ochig‘i bu mavsumdan ko‘nglim to‘lmoqda. Maqsadim, maydonda haliyam yaxshi ekanligimni isbotlash. » U haqida sobiq murabbiyi Raneri quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «U biz uchun muhim. Kiyinish xonasida ham. Ko‘p gapirishi, kulishi jamoaga yuqori kayfiyat bag‘islaydi».
Nabil Dirar : Shveysariya pichog‘i
Dirar jamoada qadri eng ko‘p unutilgan futbolchilardan biridir, Jermenning Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqishi munosabati bilan bildirgan intervyusida buni eslab o‘tdi. « Andrea, Subashich, Nabil va men uchun bu o‘zgacha his bermoqda, boisi biz bu yerda boshidan berimiz. Biz biroz vaqt muqaddam 2 Ligada edik, endi esa Chempionlar Ligasi yarim finalidamiz. Bu ajoyib. »
Nabil Dirar 2012-yilda jamoaga kelib qo‘shilganidan beri o‘ng qanot hujumchisi, qanot himoyachisi va hatto yarim himoyachi rolida ham o‘ynab, klubga foydasi tegib kelmoqda. Tez tez jarohat olishi va hatto Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etganiga qaramay, marokashlik futbolchi bu mavsumda « Monako » safida 30 o‘yinda ishtirok etgan. Albatta, shundan 10 tasini Dirar maydonda to‘liq o‘tkazdi.