Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Vakant bor joy bo‘sh yohud Klaudio Ranyeri Osiyoda ish boshlaydi

Vakant bor joy bo‘sh yohud Klaudio Ranyeri Osiyoda ish boshlaydi

Baho:
+ | -

OFK miqyosidagi JCH-2018 saralashida kurashni davom ettirayotgan 12ta terma jamoaning deyarli yarmida bosh murabbiy iste’foga chiqib ulgurdi. Xususan, qatar va Xitoy futboli mutasaddilari milliy jamoa boshqaruvchisini aynan bizning termamizga qarshi kechgan mag‘lubiyatli o‘yindan so‘ng yangilashni lozim topishdi.

Keyinroq BAA termasi rahbariyati Mahdi Aliga javob berishdi, tailandliklar esa mamlakat futboli afsonasi Kiatisuk Senamuangga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Mana, iroqliklar ham shu yo‘ldan borib, saralash doirasidagi qolgan o‘yinlarni boshqa mutaxassis rahbarligida o‘tkazishga qaror qilishdi.

Ayni payt FIFA talqini bo‘yicha jahonning amaldagi eng yaxshi murabbiyi - Klaudio Ranyeri hech qayerda ishlamayapti. Shu boismi, matbuot italyan mutaxassisini goh dunyoning turli yetakchi klublari, goh Osiyo  terma jamoalariga «yuborish» bilan ovora. Xullas, bugun JCH-2018 yo‘llanmalari yo‘lida harakatdan to‘xtamagan, ammo bosh murabbiyi vakolati bo‘sh turgan ayrim terma jamoalarga to‘xtalib o‘tamiz.

Iroq terma jamoasi

Bosh murabbiy joyi bo‘sh. Iroq milliy jamoasi bosh murabbiyi Radhi Shenaishil yaqindagina iste’foga chiqarildi. Socceriraq xabariga ko‘ra, mamlakat futbol assosiasiyasi hamda Olimpiya qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida shunday qarorga kelingan. Sababi tayin: Shenaishil so‘nggi saralash raundida ijobiy natijalarni taqdim etolmadi. Hozirgi holatda iroqliklar (omadlari yurishgan taqdirdagina) «pley-off» bosqichiga chiqishlari mumkin, xolos.

Mish-mishlar. Italiyalik Klaudio Ranyeri ham Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Undan tashqari, braziliyalik Ziko va Markos Paketa hamda gollandiyalik Frank Raykaard nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda. Harqalay, Portugaliyaning A Bola nashri shu mazmunda xabar tarqatdi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Klaudio Ranyeri faoliyati davomida terma jamoa bilan ham ishlab ko‘rgan. Biroq Gresiya termasidagi faoliyati o‘ta muvaffaqiyatsiz chiqqandi.

Nima bo‘lishi mumkin? Iroqliklar rejaga ko‘ra, 8 iyun kuni Dubaydagi «Al Rashid Stedium» arenasida J.Koreya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. Ayni payt jamoada Rahim Hamid va Karim Salmon boshchiligidagi assistentlar faoliyat yuritmoqdalar. Jismoniy tayyorgarlikka esa ispaniyalik Xavi Pedro javob beradi. Katta ehtimolki, mazkur terma jamoa bosh­qaruvini braziliyalik 58 yoshli Markos Paketa o‘z qo‘liga oladi.

Ushbu mutaxassis 2005-2007 yillar davomida Saudiya Arabistoni milliy jamoasiga rahbarlik qilish asnosida Osiyo futboli bilan yaqindan tanishgan. Keyinroq Liviya termasida ham ishlagan. Paketaning taktik ishlanmalari Iroq futboliga mos keladi. Ziko nomzodi ham e’tiborga molik. Lekin uning ayni payt futbol olamida zalvorliroq mansab ko‘zlayotgani ko‘pchilikka sir emas. Aytgancha, Ziko 2011 yil avgust - 2012 yil noyabr oralig‘ida aynan iroqliklarga ustozlik qilgandi.

Yana bir tomoni, Iroq termasi rahbariyati 2013 yilning sentyabridan buyon xorijlik murabbiy xizmatiga ehtiyoj sezmayotgandi. Tabiiyki, yangi bosh murabbiy zimmasiga ma’lum darajada vazifa yuklanadi. Chunonchi, iroqliklar oxirgi 3ta o‘yin (YAponiya, Tailand va BAA terma jamoalariga qarshi)da maksimal natijaga erishsalar, guruhda loaqal 3-o‘rinni band qilishlari va o‘tish bahslarida o‘z omadlarini sinab ko‘rish imkoniyatini hosil qilishlari mumkin.

Buning uchun hozirgi jamoa salohiyati bemalol yetadi. Ya’ni bosh­qaruv tizimi o‘zgarsa va futbolchilar oldiga yangi talablar qo‘yilsa, jamoa 3-o‘rinni egallash vazifasini uddalashi hech gap emas. Deylik. Saudiya Arabistoni termasi bilan o‘yinda iroqliklarga shunchaki, tajriba yetishmadi. Ularning qanday xarakter va irodaga ega ekanliklari esa butun Osiyoga ma’lum.

Tailand terma jamoasi

Bosh murabbiy o‘rni bo‘sh. Tailand futboli rahbariyatining 31 mart kuni qat’iy qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keldi. Garchi terma jamoa afsonasi Kiatisuk Senamuang mintaqada hududiy kubokni ta’minlagan bo‘lsa hamki, boshqaruv vakolatidan mahrum etildi. U Tailand termasini 2014 yilning fevralida qabul qilib olgandi. Senamuang ortda qolgan vaqtda shogirdlari bilan 21ta o‘yinda g‘alabani tantana qildi.

Mish-mishlar. Tailandliklar ham «Lester»ni APL chempionligiga yetaklagan Klaudio Ranyeriga alohida e’tibor bilan qarashyapti va uni bosh murabbiy rolida ko‘rmoqchilar. Bunga ESPN xabari dalolat: «Tailand futbol federasiyasi yaqinda JCH-2018 saralashidagi qoniqarsiz natijalar sabab, mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi Kiatisuk Senamuangni iste’foga chiqardi. Taylar ayni payt uning o‘rniga Klaudio Ranyeri yoki Argentina terma jamoasi sobiq ustozi Alexandro Sabelyani taklif qilishni mo‘ljallayaptilar».

Nima bo‘lishi mumkin? 

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 01:45, 26.04.2017.
O'qildi: 5718 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.