Forbes jurnali 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan eng yuqori daromadga ega futbolchilar reytingini taqdim etdi, deya xabar bermoqda Sports.kz.
Ro‘yxatda Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu peshqadam bo‘ldi. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi so‘nggi 12 oy ichida 300 million dollar daromad topgan. Shundan 235 million dollar futbol faoliyatidan, yana 65 million dollar esa reklama va tijorat shartnomalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘rinni Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi egalladi. Uning daromadi 140 million dollarga baholangan. Uchinchi pog‘onadan esa Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o‘rin oldi — 95 million dollar.
Ta’kidlanishicha, Ronaldu va Messi jahon chempionatida ishtirok etadigan amaldagi ilk milliarder futbolchilarga aylangan.
JCH–2026ning eng ko‘p maosh oluvchi 10 nafar futbolchisi:
-
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 300 mln dollar
-
Lionel Messi (Argentina) — 140 mln dollar
-
Kilian Mbappe (Fransiya) — 95 mln dollar
-
Erling Xoland (Norvegiya) — 80 mln dollar
-
Vinisius Junior (Braziliya) — 60 mln dollar
-
Muhammad Saloh (Misr) — 55 mln dollar
-
Sadio Mane (Senegal) — 54 mln dollar
-
Jud Bellingem (Angliya) — 44 mln dollar
-
Lamin Yamal (Ispaniya) — 43 mln dollar
-
Xarri Keyn (Angliya) — 41 mln dollar
Reytingning 11-pog‘onasidan braziliyalik Neymar joy oldi. Uning yillik daromadi 38 million dollarga baholangan.
2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida tashkil etiladi.













