Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

La Liga. "Atletik" "Atletiko"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

La Liga. "Atletik" "Atletiko"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

"Atletik" Ispaniya chempionati 4-turida o‘z maydonida "Atletiko"ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi. Niko Uilyams, Robert Navarro va Oyan Sanset raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Madridliklar safida ikkinchi bo‘limda hujumchi Xulian Alvares maydonga tushdi. Argentinalik futbolchi mavsumlar oralig‘ida klubini o‘zgartirish istagini bildirgandi.

Bilbao jamoasi La Liga doirasida 2013 yil yanvaridan beri ilk bor "Atletiko"ni yirik hisobda mag‘lub etdi. O‘shanda ham bahs 3:0 hisobida yakunlangandi.

"Atletik" 6 ochko to‘plab, turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. "Atletiko" esa 7 ochko bilan 6-pog‘onada joylashgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:58, 05.09.2026.
O'qildi: 2169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик