Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Rodri Flikni qiyin tanlov oldida qoldirdi

Rodri Flikni qiyin tanlov oldida qoldirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» muxlislari 30 yoshli yarim himoyachi Rodrining jamoa asosiy tarkibidagi debyutini kutmoqda. Ispaniyalik futbolchi yozda «Manchester Siti»dan kataloniyaliklar safiga o‘tgan. Bunga qadar u Madridning «Real» klubidan tushgan taklifni rad etgan edi.

Rodri Ispaniya chempionatida «Barselona» safida ikki marta maydonga tushdi — «Atletik» (2:0) va «Rayo Valyekano» (5:2)ga qarshi uchrashuvlarda. Biroq har ikki o‘yinni ham zaxiradan boshlagan. Hozir asosiy masala — murabbiylar shtabi yarim himoyachini qachon asosiy tarkibga kiritishi.

Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, Flik ikki variant o‘rtasida ikkilanmoqda. U Rodrini yakshanba kuni «Mestalya»da «Valensiya»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkin. Boshqa variant esa — kelasi chorshanba kuni Chempionlar ligasida «Feyenoord»ga qarshi murakkabroq uchrashuvni kutish.

Kiritildi: 15:05, 05.09.2026.
O'qildi: 2291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик