Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Balki biz ham UYEFAga o‘tarmiz yoxud Qozog‘istonning Yevropadagi 15 yillik tajribasi

Balki biz ham UYEFAga o‘tarmiz yoxud Qozog‘istonning Yevropadagi 15 yillik tajribasi

Baho:
+ | -

25 aprel kuni Qozog‘istonda milliy futbol kuni keng nishonlandi.

2002 yilning aynan 25 aprelida Shvesiya poytaxti Stokholmda qo‘shni davlat Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqiga (UYEFA) rasman qabul qilingan edi.

Qozog‘iston futbolini ayovsiz tanqid qilishlariga qaramasdan, o‘z o‘rnidagi ijobiy vaziyatlarni yodga olish, ushbu sport turiga daxldor barchani kichik yubileycha bilan tabriklash ham mumkin.

UYEFAga o‘tilganidan so‘ng darhol ravshanlashdiki, qozoq futbolida qilinadigan ishlarning adog‘i ko‘rinmas edi. Mamlakatdagi infratuzilma Yevropaning aksariyat davlatlaridan juda orqada edi.

Ayni paytda davlat infratuzilmani rivojlantirish uchun mablag‘larni faol yotqizmoqda. Mamlakatdagi stadionlar yangilangan, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi, respublikaning bosh arenasi — «Astana Arena» esa yaqin yillarda Yevropa Superkubogini qabul qilishga nomzod sanaladi.

Butun mamlakat bo‘ylab ommaviy hamda bolalar va o‘smirlar futboli rivojlanmoqda, turli musobaqalar tashkillashtirilmoqda. Butun mamlakatdagi bolakaylar o‘zlari kelajakda Smakov, Jumaskaliyev, Nuserbayev, Islomxonov kabi futbolchilar bo‘lishiga ishonishadi. O‘smirlar va yoshlar terma jamoalari yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqda va muvaffaqiyat qozonishmoqda. Shu yilning yanvarida 18 yoshgacha bo‘lgan Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasi Sankt-Peterburgda o‘tgan va 16 terma jamoa ishtirok etgan Valentin Granatkin xotira turnirida kumush medallarga sazovor bo‘lishdi.

Qozog‘iston milliy terma jamoasi xalqaro maydonlarda vatan sha’nini munosib himoya qilmoqda. Terma jamoaning Serbiya, Niderlandiya, Turkiya, Chexiya, Xorvatiya, Ukraina, Polsha, Ruminiya va boshqa kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yinlarini eslashning o‘zi kifoya. Yevropa terma jamoalaridan hozir hech kim Qozog‘istonga safarni navbatchi uch ochkoni qo‘lga kiritish sifatida qabul qilmayapti.

So‘ngi yillarda Qozog‘istonda klub futboli Yevropa kubok turnirlarida yuqori natijalar namoyish etib kelmoqda. 2007 yilda Qo‘stanayning «Tobol» klubi Intertoto kubogini yutib, ilk qaldirg‘och bo‘lgan edi. Undan so‘ng Qarag‘andaning «Shaxtyor»i 2013 yilda Yevropa ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi. Klub futboli tarixida eng katta natijasiga poytaxtning «Astana» klubi erishdi, ular qit’aning eng yirik futbol turniri — UYEFA chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishdi. Bir necha yil avval bunga ishonish ham qiyin edi, chunki qozog‘istonlik bu nufuzli turnirni faqat televizor orqali kuzatib kelishgan. «Astana»ning muvaffaqiyati tasodif emasligi kelgusi yil ham isbotlandi, ular Yevropa ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishdi va unda yevrokuboklardagi ilk g‘alaba ham tantana qilindi. Poytaxt klubidan Almatining «Qayrat»i ham ortda qolishni istamayapti va u ham Yevropada serblarning «Srvena Zvezda» va fransuzlarning «Bordo» kabi kuchli klublariga qarshi teppa teng kurash olib bordi.

Qozog‘istonlik futzalchilar ham muxlislarga kam quvonch baxsh etishmadi. Ular o‘tgan yili Yevropa chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritishdi, boz ustiga, bu musobaqa terma jamoa uchun asosiy bosqichdagi debyut o‘yin bo‘ldi. Qozog‘iston futzal terma jamoasi Kolumbiyada o‘tgan jahon chempionatida ham mamlakat sharafini munosib himoya qilib, guruh bosqichini omadli yakunlab, 1/8 finalga yo‘l oldi. Bu yil futzalchilar saralash bosqichini osongina bosib o‘tishdi va kelgusi yil Sloveniyada o‘tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etishadi.

Qozog‘istonda klub futzali haqida gapiriladigan bo‘lsa, Almatining «Qayrat» klubi Ko‘hna qit’adagi eng nufuzli mukofoti — UYEFA kubogini ikki bor qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, «Qayrat» mudom sovrindorlar qatoridan o‘rin olmoqda. Bu yil klub turnirda uchinchi bor zafar quchishga juda yaqin turibdi. Yaqin kunlarda Almatida Yevropaning eng kuli to‘rt jamoasi «To‘rtliklar finali»da bahslashishadi.

Qozog‘istonlik qizlar ham yigitlardan ortda qolishni istashmayapti. Qozog‘iston ayollar terma jamoasi JCH-2019 saralash guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va asosiy saralash bosqichiga yo‘l olgan. Chimkentning «BIIK-Kazigurt» ayollar futbol jamoasi Ko‘hna qit’ada mamldakat sha’nini munosib himoya qilmioqda va ular o‘tgan yili ilk marta Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l olishdi.

Sportning bu turini rivojlantirish uchun Qozog‘istondagi bosh organ Qozog‘iston futbol federasyasi hisoblanadi. 2016 yilning so‘ngida taniqli sovet va qozoq futbolchisi, Almatining «Qayrat» klubi sobiq sardori Seilda Bayshakov futbol federasiyasining prezidenti etib saylandi va u malakatda futbolni rviojlantirishning aniq siyosatini belgilab oldi.

Yevropada QFF nufuzi borgan sari ortib bormoqda, buni yevropalik hamkasblarning fikrlari ham isbotlab turibdi. 2014 yilda Ostonada UYEFAning XXXVIII Kongressi o‘tkazildi va yevropalik mehmonlar tomonidan yuqori bahoga ega bo‘ldi. Bu yil Almati futzal bo‘yicha 2018 yilgi Yevropa chempionati asosiy saralash bosqichini o‘tkazish joyi etib tanlandi. UYEFA nazoratchisi bu muhim voqeani tashkillashtirishda QFF mehnatini yuqori baholab, qit’a turnirining final bosqichini ham mamlakatning janubiy poytaxtida o‘tkazish imkoniyatini qo‘llashini ma’lum qildi.

Shuningdek, Qozog‘iston futbol federasiyasi mamlakatda har yili yana bir nufuzli turnir — Prezident kubogini ham tashkillashtiradiki, unda ham kuchli jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:44, 26.04.2017.
O'qildi: 6985 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.