Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi qur’asi: kim qanday fikrda

Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi qur’asi: kim qanday fikrda

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi yarimfinaliga qur’a tashlangach, ishtirokchilar o‘z fikrlarini bayon qildi.

Didye Desham (Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi): - «Monako»ning yarim finalga chiqqani tahsinga loyiq. Biroq klub saviya masalasida «Yuve», «Atletiko» va «Real» bilan tenglasholmaydi, baribir. Demoqchimanki, monegasklarda «Yuventus»dan farqli ravishda, katta o‘yinlar tajribasi ko‘p emas. Boz ustiga, javob bahsining Turinda bo‘lishi ham Italiya grandi foydasiga xizmat qiladi. «Yuve»ning «Monako»ga bepisand qarashiga shubham bor. «A» seriyasi yetakchisi bu kabi imtihonlarga to‘liq ko‘nikkan va aynan CHLda g‘alaba qozonish uchun yaralgan. Allegri — Yevropadagi eng kuchli taktiklardan biri. U jamoani qayta shakllantirib, hujumkorlikka yo‘naltirdi.

Leonardu Jardim («Monako» bosh murabbiyi): - Raqibimiz qanday jamoa ekanligini hamma yaxshi biladi. Deylik, himoya masalasida butun Yevropada «Yuventus» oldiga tushadigani yo‘q. Jamoaning tajribasi ham katta. «Yuve»ning yana bir ustun tomoni shuki, u Italiya chempionatida g‘alabani deyarli naq qilib ulgurdi.

Beppe Marotta («Yuventus» bosh direktori): - Shunday ishonch borki, «Yuventus» haqli ravishda yarim finalga chiqdi. Ammo turnirda g‘alaba qozonmasak, bu hech narsani anglatmaydi. Yana 3tagina o‘yin qoldi. Bizni oldinda o‘ta tig‘iz va murakkab oy kutyapti.

Pavel Nedved («Yuventus» vise-prezidenti): - Futbolchilarimiz o‘z vazifalariga juda e’tiborli yondashmoqdalar. Maqsad esa tayin - final. CHLda bir lahzalik xato ham qimmatga tushishi hech gap emas. Shunday ekan, «Monako»ga qarshi o‘yinlarda bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz shart. O‘z navbatida, Massimiliano Allegriga omad tilayman. Umid qilamanki, u bo‘lajak bahslarda ham tanqidchilarni uyaltirib qo‘yadi.

Klemente Vilyaverde («Atletiko» direktori): - Muxlislarimiz va futbolchilarimiz finalda ikki bora mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi. Bilamizki, hal qiluvchi bahsga chiqishning o‘zi katta natija sanaladi. Yana nima derdim, bizga «Visente Kalderon» stadioni bilan munosib xayrlashish nasib etishidan umidvorman. Arenamiz bunga loyiq.

Emilio Butragenyo («Real» klubining jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi direktori): - Finaldan bir qadam narida turibmiz va bundan xursandmiz. Ammo bo‘lajak qarama-qarshiliklar eng murakkabi bo‘lishini unutmasligimiz lozim. «Atletiko» - raqib xatolaridan maksimal darajada foydalanadigan jamoa. «Matraschilar» tarkibida saviyali futbolchilar yetarli va ular juda kam gol qo‘yib yuborishadi. Xullas, ularga qarshi o‘yinlarda eng muhimi - xatoga yo‘l qo‘ymaslik.

FAKTLAR

***      Joriy mavsum Germaniyaning biror jamoasi CHL yoki YEL yarim finaliga chiqolmadi. Ya’ni ikki turnirning finali yo‘lidagi o‘yinlarda «Bavariya», «Borussiya» D. va «Shalke» klublari baravariga omadsizlikka yuz tutdi. Xullas, oxirgi 12 yil mobaynida yevrokuboklar yarim finali ilk marta bundesliga vakillarisiz o‘tadigan bo‘ldi.

*** «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘z jamoasi bilan 10-marta yevrokuboklar yarim final raundiga chiqib, bu borada Aleks Fergyuson va Jovanni Trapattoni o‘rnatgan rekord ko‘rsatkichni takrorladi.

*** «Ayaks» klubi oxirgi 20 yil ichida ilk marta yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Amsterdamliklar 1997 yili CHL yarim finalida «Yuventus» (1:2, 1:4)ga yutqazishganidan buyon hal qiluvchi uchrashuv ostonasiga kelishmagandi.

AYTGANCHA...

Ispaniyaning As gazetasi CHL yarim finali qur’asi natijalariga shubha bilan qaramoqda. Nashrning gumon qilishicha, juftliklarning shunday ko‘rinish olishi oldindan rejalashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, qur’a tashlash marosimida qatnashgan «Liverpul» klubi va Uels terma jamoasi sobiq hujumchisi Ian Rashning harakatlari shubha uyg‘otgan.

Jarayon oldidan UYEFA Musobaqalarni tashkillash bo‘limi direktori Jorjio Marketti jamoalar nomi yozilgan sharlarni aylantirgach, Rash ham shu ishni takrorlab, birinchi bo‘lib, «Real» yozuvini tortdi. Ammo u ikkinchi urinishda sharlarni aylantirmadi va «Atletiko» yozuvi chiqdi... Ispanlarning yana bir gumonlariga ko‘ra, qizdirilgan sharlardan foydalanilgan. Ya’niki, final yana ispancha ko‘rinish olishi mumkinligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday qilingan...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:26, 27.04.2017.
O'qildi: 10541 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.