Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Mourinyo kimni "Real"dan qo‘yib yubormasligi ma’lum bo‘ldi

Mourinyo kimni "Real"dan qo‘yib yubormasligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Orelyen Tchuameni ushbu yozgi transfer oynasida Madridning «Real» klubini tark etmaydi. TEAMtalk nashrining xabar berishicha, 26 yoshli fransiyalik futbolchiga Angliya grandlari — «Manchester Yunayted» va «Liverpul» qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, «qaymoqranglilar» rahbariyati yarim himoyaning asosiy figuralaridan birini qo‘yib yuborish niyatida emas.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Tchuameniga to‘liq ishonch bildirmoqda. Mutaxassis yangi mavsumda ushbu futbolchini asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi sifatida ko‘rmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Tchuameni barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchi o‘z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, «qaymoqranglilar» o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlab, birorta ham sovrin qo‘lga kirita olishmagan edi.

Kiritildi: 17:30, 05.07.2026.
O'qildi: 3327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик