Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bausaning Argentina termasidan iste’foga chiqarilishiga Messi sababchi emas

Bausaning Argentina termasidan iste’foga chiqarilishiga Messi sababchi emas

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Edgardo Bausa ta’kidlashicha, uning iste’foga chiqishiga Lionel Messining hech qanday aloqasi yo‘q.

«Messi? Men u uchun maydonda ideal joy topishga harakat qildim. Nazarimda, o‘ng tomonda u o‘zini yaxshi his qiladi. Men unga shunday variant taklif qildim, u esa rozi bo‘ldi.

U menga tarkibda kim o‘ynashi kerakligi, kim o‘ynamasligi kerakligi haqida hech qachon gapirmagan. U jamoadoshlarini tanqid qilmagan. Men u bilan o‘yinni, raqiblarimizni muhokama qilgandik. Shuni aniq aytishim mumkinki, mening iste’foga chiqishimga Messining hech qanday aloqasi yo‘q.

Terma jamoadan ketishim kerakligini bilganimda, xafa bo‘ldim. Ishonchim komil, biz JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olardik», – dedi Bausa.

Ta’kidlash lozim, avvalroq Messi murabbiyning iste’foga chiqishini talab qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 11:42, 28.04.2017.
O'qildi: 3378 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик