Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
01/11 16:00 Lokomotiv 0-1 Nasaf
01/11 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Surxon
02/11 01:00 Alaves 1-0 Malyorka
02/11 15:00 Olimpik - Navbahor
02/11 17:15 Qizilqum - Dinamo
02/11 17:30 Nyukasl - Arsenal
02/11 18:00 Osasuna - Valyadolid
02/11 19:00 Bolonya - Lechche
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:00 Udineze - Yuventus
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas
03/11 00:45 Monsa - Milan
03/11 01:00 Valensiya - Real Madrid
03/11 16:00 Neftchi - Bunyodkor
03/11 16:30 Napoli - Atalanta
03/11 18:00 Atletiko - Las-Palmas
03/11 18:15 Metallurg - OKMK
03/11 19:00 Torino - Fiorentina
03/11 19:00 Tottenhem - Aston Villa
03/11 20:15 Barselona - Espanyol
03/11 21:30 Man. Yunayted - Chelsi
03/11 22:00 Verona - Roma
03/11 22:30 Sevilya - Real Sosyedad

"Monako" prezidenti Vadim Vasilyev: «Yuventus» favorit, ammo…»

"Monako" prezidenti Vadim Vasilyev: «Yuventus» favorit, ammo…»

Baho:
+ | -

Joriy mavsum barchani birdek hayratga solayotgan «Monako» CHL finali yo‘llanmasi uchun «Yuventus» bilan kuch sinashadi. «SE» nashri qur’a natijalari ma’lum bo‘lgach, knyazlik klubi vise-prezidenti Vadim Vasilyevni maxsus suhbatga chorladi. Asli rossiyalik funksioner «Yuve»ni juftlik favoriti sifatida tan oldi, ammo «Monako» futbolchilari dongdor raqib oldida nimadandir cho‘chimasliklarini ham qo‘shimcha qildi. U shuningdek, futbolda videotakrorlar tizimini darhol joriy etish zarurligini ta’kidladi.

- Aytingchi, qur’a tashlash marosimi arafasida «Monako»ning qaysi jamoa bilan to‘qnashishini ko‘proq istagandingiz?

- Yarim finalga faqat top-jamoalar yetib kelgan. Shu bois, bu borada bosh qotirganim yo‘q. Bir tomondan, aynan «Yuventus» bilan kuch sinashishimiz yaxshi - 2 yil avvalgi mag‘lubiyat uchun revansh olish imkoniyati tug‘ildi. Tabiiyki, bundan foydalanishga urinib ko‘ramiz.

- To‘g‘riku-ya, lekin hujumkor uslubda to‘p suradigan «Monako» uchun ochiq futbolga moyil raqib bilan bahslashish maqbul emasmidi? Shu jihatdan qaraganda, «Real» varianti ma’qulroq ko‘rinayotgandi.

- Mantiqan haq gap - bizga ham o‘zi o‘ynaydigan, ham raqibiga o‘ynash imkonini beradigan hujumkor jamoalar mosroq.

- Sizningcha, juftlik favoriti qaysi jamoa?

- «Yuventus». To‘g‘ri, «Monako» saviya bobida undan kam emas. Ammo turinliklarda katta o‘yinlar tajribasi ko‘proq. Hal qiluvchi bosqichlarda esa aynan tajriba muhim ahamiyatga ega.

- Jamoangizning «Yuve» bilan avvalgi qarama-qarshiligi (0:1, 0:0)ni nazarda tutsak, hakamlik masalasi xavotirga solmayaptimi? Zero, o‘shanda Vidalning bahsli penaltidan urgan goli «duel» taqdirini hal qilgandi.

- Ha, xavotir yo‘q emas. Lekin UYEFAning bu safar hakamlik masalasiga jiddiyroq yondashishidan umidvorman. Bunga asos ham bor - chorshanba kuni UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin bilan suhbatlashdim. U hakamlikka bog‘liq xatolar yuzasidan bildirgan e’tirozimni to‘g‘ri qabul qildi. Menimcha, futbolda videotakrorlar tizimini joriy etish vaqti keldi. Fransiya ligasi ma’muriy kengashida 1-2-divizionlar vakillari o‘rtasidagi «pley-off» uchrashuvlarida videotakrorlardan foydalanishga qaror qilindi. «Barselona» - «PSJ» va «Bavariya» - «Real» qarama-qarshiliklarida kuzatilgan qo‘pol xatolarni barchamiz ko‘rdik. UYEFA prezidenti ham buni tan oldi.

- Ispaniya matbuoti yarim final juftliklarini aniqlash jarayoni xolis o‘tganligiga shubhalanmoqda. Go‘yoki, final bu safar ham ispancha derbiga aylanishi oldini olish uchun «Real» va «Atletiko»ning bitta juftlikka tushishi sun’iy ravishda ta’minlanibdi...

- Agar chindan ham, shunday qilingan bo‘lsa, bu halollik mezonlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan adolatsizlik sanaladi. Ammo o‘ylaymanki, qur’a jarayoni xolisona olib borilgan.

- Ayni payt barcha muxlislar Kilian Mbappening mahsuldorligidan hayratdalar. Axir 18 yoshli yigitcha 20tadan ko‘p gol urishga ulgurdi. Taqqoslash uchun aytsak, Krishtianu Ronaldu 18 yoshida 5ta, Leo Messi esa atigi 1ta gol urgandi. Mbappeni yangi daho sifatida ulug‘lash mumkinmi?

- Shubhasiz! Kilian yaqin kelajakda dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilsa, ajablanmayman. Buning uchun yigitchada barcha fazilatlar mujassam. Boz ustiga, Kilian ulkan bosim ostida to‘p surayotganiga qaramay, kamtarinligicha qolmoqda, mag‘rurlik, takabburlikdan yiroq. Ham o‘zi, ham ota-onasini yaxshi bilaman. Shunga asosan ishonch bilan aytaman: Mbappe keyinchalik ham ajoyib odob-axloqini yo‘qotmaydi.

- Uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli miqdori qancha?

- Hech qanday tovon puli yo‘q! Zero, Fransiyada bunday qilish taqiqlangan.

- Sizningcha, Mbappe shartnoma muddati nihoyasiga yetguniga qadar qaysidir superklubga o‘tganidan ko‘ra, «Monako»da to‘p surgani ma’qulmi yoki...? Umuman, klub xaridorlar bilan muzokara boshlashga tayyormi?

- Albatta, yana ma’lum vaqt «Monako»da qolish avvalo, Kilianning o‘ziga foydali. Chunki bugungi loyihamiz aynan uning o‘yiniga ham bog‘liq. Ushbu masalani mavsum yakunlangach, futbolchi va ota-onasi bilan bafurja ko‘rib chiqishga kelishib oldik. Hozir shartnomalar va oldi-sotdilar to‘g‘risida o‘ylaydigan payt emas. Bor diqqat-e’tibor mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan. Xullas, biror jamoa bilan na Mbappe, na boshqa o‘yinchilar xususida muzokara olib boryapmiz.

- Leonardu Jardimni kelajagi porloq murabbiylar qatorida tilga olishmoqda. Uni jamoada olib qolish qiyinchilik tug‘dirmaydimi?

- O‘rtadagi shartnomaga ko‘ra, Jardim «Monako»ni yana 2 yil boshqarishi kerak. O‘ylashimcha, Leonardu hozirgi ishidan xursand. Demak, hamkorlikni davom ettiramiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:51, 28.04.2017.
O'qildi: 5475 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.