Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ilhom Mo‘minjonov: "Paxtakor"ga qarshi o‘yin natijasi durangga mos edi"

Ilhom Mo‘minjonov: "Paxtakor"ga qarshi o‘yin natijasi durangga mos edi"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o‘yin durangga mos edi. Biroq himoyadagi qo‘pol xatolarimiz tufayli gol o‘tkazib yubordik. Yigitlar bor vujudlari bilan maydonda harakat qilishgani uchun tashakkur bildiraman. Bu - futbol... Maydon tekis, to‘p dumaloq. Xayot davom etadi. Kerakli xulosalarni chiqarib, "Lokomotiv"ga qarshi tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Keyingi o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz. Namanganda "Navbahor" hujumkor ruhda to‘p suradi. Har bir o‘yinda g‘alabani o‘z oldimizga maqsad qilib tushamiz. To‘g‘ri, kam gol uryapmiz. Shuning uchun hujumda katta muammolarimiz bor. Bizni faqatgina kam gol o‘tkazayotganimiz quvontiradi, xolos. Mavsumni kuchli uchlikda yakunlashga harakat qilamiz. Namangandan kelib, bizni shunchalik qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizdan murabbiylar shtabi nomidan uzr so‘rayman. Navbatda bizni o‘z uyimizda ikkita og‘ir bellashuv kutib turibdi. Keyingi o‘yinlarda ham muxlislarimizni ko‘p miqdorda o‘yingohga kelib, bizni olg‘a chorlashlarini iltimos qilaman.
- Nima uchun jamoa yaxshi o‘yin namoyish etib turganida himoyachilarni maydonga tushirdingiz?
- Maqsadim himoyani kuchaytirish emasdi. Axamiyat bergan bo‘lsangiz, so‘nggi o‘yinlarda Samatov va Shamsiddinov faqat yarim himoyada o‘ynashmoqda. Bu futbolchilarim oxirgi uch o‘yinda mazkur chiziqda yaxshi harakat qilishgani uchun shunday qaror chiqardim. Ularning ikkisi ham zaxiradan maydonga tushib, o‘yinimizni kuchaytirishdi.
- "Paxtakor" o‘yinida so‘nggi paytlarda pasayish kuzatilmoqda. Jamoa "Sho‘rtan" va "Mash’al"ga yutqazdi. Bugun "Navbahor" uchrashuv davomida durangga o‘ynagandek taassurot qoldirdi.
- Bu fikrga qo‘shilmayman. "Paxtakor"da pasayish yo‘q. Hozirgi kunda jamoada raqobat kuchaygan. Barcha jamoalarning tarkiblarida yoshlar o‘sishmoqda. Biz uch ochkoni ko‘zlab maydonga tushgandik...
- Oybek Qilichev so‘nggi paytlarda agressiv xulqni ko‘rsatmoqda. U bilan bu masala bo‘yicha alohida gaplashiladimi?
- Oybekning agressiv o‘yini menga yoqadi. Ushbu futbolchining harakatlari jamoadoshlariga ruhan qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Uning "Dinamo" bilan kechgan o‘yinda olgan qizil kartochkasi o‘yindan tashqarida bo‘lgan. Buning uchun u jazolangan. Har bir bahsda Oybek bor kuchini maydonda sarflagani uchun unga doim raxmat aytaman. Bilasiz, Qilichev avval "Paxtakor"da o‘ynagan. Oybek sobiq jamoadoshlari nimalarga qodirligini yaxshi biladi. Bugun Qilichev gol urishga va’da bergandi, lekin afsuski niyati amalga oshmadi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:51, 28.04.2017.
O'qildi: 3425 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик