Ispaniyaning «Deportivo» klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang Gabon terma jamoasida boshqa o‘ynamasligini ma’lum qildi.
37 yoshli futbolchining aytishicha, u milliy jamoa atrofidagi munosabatlar tufayli o‘zini haqoratlangan va kamsitilgan his qilgan.
«Meni kamsitishdi. Afrika kubogida jarohat bilan o‘ynaganimda esa obro‘mga putur yetkazishdi. Bu so‘nggi tomchi bo‘ldi va men to‘xtashga qaror qildim», — dedi Obameyang.
Shu bilan birga, bu futbolchining terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini birinchi marta e’lon qilishi emas. Avval ham u turli kelishmovchiliklar va tushkunliklar sabab milliy jamoadan ketish haqida qaror qabul qilgan.













