Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

"Imperator" Totti Rim bilan xayrlashmoqda yoxud futbol dunyosidagi hafta voqealari

"Imperator" Totti Rim bilan xayrlashmoqda yoxud futbol dunyosidagi hafta voqealari

Baho:
+ | -

Joriy hafta yakunlarida muxlislarni bir-biridan qiziqarli bo‘lgan o‘yinlar kutib turibdi.

Kuchli beshlik musobaqalarida bahslar allaqachon qizg‘in pallaga kirdi. Buyog‘iga yo‘qotiladigan ochkolar jamoalarning turgan o‘rnidan qo‘zg‘atib yuborishi hech nap emas. Quyida haftaning eng diqqatga sazovor o‘yinlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Italiya. IMPERATOR uchun oltin butsa

Yakshabna kuni mavsumdag to‘rtinchi va so‘nggi Rim derbisi guvohiga aylanamiz.

Shuningdek, bu iyun oyida «Roma» bilan shartnomasi tugaydigan Totti uchun ataladigan o‘yin desak ham bo‘ladi.

Agar 40 yoshli imperator jamoada qolsa, balki keyingi mavsumda yana maydonga tushishi uchun kichkina imkoniyat bo‘lar. Ammo mazkur uchrashuv uning uchun oxirgi derbi bo‘lish ehtimoli bor shuning uchun bu derbi alohida ahamiyatga ega.

Bu yil Totti asosiy jamoaga qo‘shilganiga 25 yil bo‘ldi. Shuning uchun italiyalik afsona bu derbida alohida ishlangan butsalarda maydonga tushadi.

So‘ggi xabarlarga ko‘ra Tottida kichkina jarohat bor ammo hech bo‘lmasa 5 daqiqa uchun Luchano Spalletti uni maydonga tushiradi.

La-Liga. ISPANIYAda mushuk-sichqon o‘yini

Klasiko Ispaniya chempionatiga yana jo‘shqinlikni qaytardi. Buyog‘iga «Barselona» va «Real» qaysidir ma’noda o‘ylab qadam bosishadi. Chunki yo‘qotiladigan har-bir ochko mavsum ularning o‘rnini o‘zgartirib yuorishi hech gap emas. «Qirollik klubi» zaxirasida yana bir o‘yin borligini ham yoddan chiqarmaslik zarur. Agar o‘sha o‘yinda «Real» g‘alabaga erishsa yana birinchi o‘ringa qaytadi. Hozircha esa har ikki klubda ochkolar soni teng (78tadan) to‘plar nisbati yaxshiligi bois «Barselona» birinchi o‘rinni band etib turibdi.

Ammo, psixologik tomondan barqarorroq ko‘ringan kataloniyaliklarda hattoki Maskerano va Andre Gomes kabi futbolchilar ham gollar urmoqda. Vaholanki, argentinalik futbolchi «Barselona»dagi ko‘p yillik faoliyatida shu paytgacha hali gol ura olmagandi. Portugaliyalik Andre Gomes esa joriy mavsum omadsiz o‘yinlari tufayli muxlislar tomonidan juda ko‘p tanqidlarga uchradi.

Bugun «ko‘k-anorranglilar»ni yana bir sinov kutib turibdi. Aniqrog‘i, «Espanyol»ga qarshi Kataloniya derbisi.

Kataloniya superklubi muxlislari uchun bir yaxshi, bir yomon xabar mavjud.

Yomoni shundan iboratki – jamoa sardori va futbol «afsungari» Andres Inyesta bugungi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Yaxshi xabar esa – uch o‘yinlik diskvalifikasiyani boshidan kechirgan Neymar nihoyat maydonga qaytadi.

Eng qizig‘i, bu turda «Real»ni ham qiyin uchrashuv kutib turibdi. Butun mavsum davomida turnir jadvalidagi o‘rnini tinimsiz o‘zgartirib turgan hamda birinchi davrada «madridliklar»ni mag‘lub etgan «Valensiya» bugun «Santyago Bernabeu»da mehmon bo‘ladi.

Umuman, «ko‘rshapalaklar» «Bernabeu»dagi so‘nggi 5ta uchrashuvning bor yo‘g‘i 1tasida mag‘lubiyatga uchragan.

Shunday ekan, bugun chiroyli futbol guvohiga aylanishimizni taxmin qilish mumkin.

Angliya: «CHELSI» qarshisida jiddiy sinov

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 13:23, 29.04.2017.
O'qildi: 4819 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.